O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə74/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi
General-gubernator Buxoro amirligi Kengashi General gubernator Xiva xonligi Turkiston harbiy okrugi General-gubernator mahkamasi Turkiston rayon muhofaza bo’limi Viloyat harbiy gubernatorligi Ma’muriy va nazorat bo’limi Moliyaviyxo’jalik bo’limi Soliq va shahar mablag’lari bo’limi Maxsus bo’lim Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uezdlarga, uezdlar
uchastkalarga bo’lingan. Viloyat harbiy-gubertanorligiga general darajasidagi, uezd boshlig’iga polkovnik darajasidagi, uchastka boshlig’iga kapitan darajasidagi zobitlar tayinlangan. Mazkur ma’muriy tuzulmaning o’zagi uezd bo’lib, uning boshlig’i generalgubernator tomonidan tasdiqlangan va katta vakolatga ega bo’lgan. Uezd boshlig’i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarni o’zida birlashtirgan, odamlarga jarima solish, 7 kungacha hibsda saqlashi mumkin bo’lgan, shu boisdan uni «hokim to’ra» deb ham atashgan. Uchastka boshliqlari ham odamlarga jarima solish, 3 kungacha hibsda saqlab turishi mumkin bo’lgan. Qishloqlarni boshqarish uchun uchastka boshlig’iga bo’ysunuvchi bo’lis (volost) va ovul ma’muriy boshqaruvi joriy etildi. 1-2 ming xonadon yashovchi hudud bo’lis, 1-2 yuz o’tovli hudud ovul deb ataldi. Mahalliy aholi orasidan bo’lis boshqaruvchisi (oqsoqol yoki mingboshi), qishloq oqsoqollari (yuz boshi, ellik boshi, o’n boshi) hamda ovul oqsoqollari, ularning o’rinbosarlari saylanadigan bo’ldi. Ammo bu mahalliy boshqaruv tizimi Rossiya ma’muriyati qo’lida bo’lgan, nomigagina saylangan mahalliy aholi vakillari ularning qo’lida qo’g’irchoq bo’lganlar. Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy markazi etib tanlashdi. Shaharda 80 mingcha aholi yashardi, uning hududida 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta madrasa, 11 ta hammom, 15 ta do’konli saroy va boshqa inshootlar bo’lgan. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko’chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, ko’chalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi Yangi shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan.



Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin