O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahri – davlatimiz poytaxti
Viloyatlar: Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm, Qashqadaryo,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, 159 qishloq tumanlari, 120 ta shaharlar bor Tumanlar tasarrufida 116 ta shaharcha, 147 ta qishloq va ovullar bor. Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004 yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil noyabrida bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritildi: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Mustaqillik to’g’risida referendum1991 yil 29 dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir. Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi natijasida Tinch, Demokratik, Parlament yo’li bilan Ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.1991 yil 29 dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’anievich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblas ga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi : «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.