O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə66/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Mang’itlar sulolasi (1753-1920)

  • Muhammad Rahim - 1756-1758

  • Doniyolbiy (otaliq) - 1758-1785

  • Shohmurod - 1785-1800

  • Haydar - 1800-1825

  • Nasrullo - 1826-1860

  • Muzaffar - 1860-1885

  • Abdulahad - 1885-1910

  • Olimxon - 1910-1920

XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi. Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib, ularni amirning o’zi tayinlar yoki egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi. Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi, mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish, poraxo’rlik keng tarqaldi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari

  • Qushbegi, dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda turar edi.

  • Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan.

  • Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan.

  • Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan.


  • Yüklə 2,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin