52 Xorazm tarixi. 1- jild. - Urganch, 1996; Xorazm tarixi. 2- jild. - Urganch, 1997.
53 O ’zbekistonning yangi tarixi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. 1- kitob. - T.: Sharq, 2000;
O ’zbekistonning yangi tarixi. O ’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2- kitob. - T.: Sharq, 2000.
54 Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsional’noy nezavisimosti. - T.: Sharq, 2000.
55 Tarix shohidligi va saboqlari (Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O ’zbekiston milliy boyliklarining
o ’zlashtirilishi). - T.: SHarq, 2001.
37
tilga olish mumkin. Ular qatoriga jurnalist Mak-Gaxan, Yu.Bregel’, M.Olvort,
S.Bekker, J.Uiler kabi olimlarning mavzuga oid asarlarini ko’rsatish mumkin.
Xorijiy tadqiqotchilarning asarlaridan XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xiva
xonligi tarixi yoritilgan qismlari o’rganildi. Ular to’rtinchi guruhni tashkil qiladi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotga tortilgan mavzu bugungi
kunga qadar alohida mavzu sifatida mufassal o’rganilmagan. Mavjud ilmiy
adabiyotlar tahlili 100 yildan ortiq vaqt o’tganligiga qaramay, bu borada shu
kunga qadar ham jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini ko’rsatdi.
Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus
tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan
holda, bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar
bilan qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan
faktik ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin
38
I-Bob bo’yicha xulosa
Birinchi paragrfning ma’zmun mohiyatidan kelib chiqib, quydagi xulosa
paydo bo’ldi. Xiva xonligining XVI-XX asrning yigirmanchi yillarigacha
bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jixatdan rivojlanish tarixini ikki davrga
ajratrn mumkin.
1-tarixiy davr. XVI asr boshlaridan boshlanib, XVII asr o’rtalarigacha
bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
XVI asr bshlarida xorazmda siyosiy vaziyat taxlikali ahvolda bo’lib, mustaqil
siyosiy birlashmani tashkil qilish zarurati tug’iladi. Bu vazifani Shayboniylar
sulolasi vakillari amalga oshoirishadi. Biroq vaziyat deyarli o’zgarmaydi, o’zaro
ichki urushlar davom etaveradi. Abulg’ozixon davrida Xorazm madaniy va
iqtisodiy jihatdan qisman bo’lsa ham rivojlanishi kuzatiladi. Mazkur davrda
Rossiya davlati bilan Xiva xonligi o’rtasida ilk elchilik aloqalari yo’lga
qo’yiladi.
2-tarixiy davr. XVII asr o’rtalaridan XX asr 20 yillarigacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi.
Bu davrda Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasi davri boshlanib ancha siyosiy
o’zgarishlar yuz beradi. Ya’ni markazlashish va mahalliy hukmdorlarning
mavqeyi pasayib markaziy hukmdorlarning nufuzi kuchayib boradi. Biroqbu
holni to’laqonli darajada markaz kuchaydi deb bo’lmasdi. Sababi vaqti vaqti
bilan ichki nizolar yuz berib turgandi. Nima bo’lganda ham tashqi siyosat
davom etavergan. Ayniqsa Rossiya podsholigi bilan iqtisodiy aloqalar kengayib
brogan.
39
II BOB. Xiva xonligining XVI - XVIII asrlarda Rossiya bilan diplomatik
munosabatlari.
2.1
XVI - XVII asrlarda Xiva-Rossiya munosabatlari.
XVI
asrdan boshlab tarix sahnasida
muhim iz qoldirgan O’rta Osiyo
xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi o’zining
geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo’li bilan taminlanganligi
sababli O’rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo’lgan. Xiva xonligi
karvon yo’llari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo
aloqalarida muhim o’rin egallagan. Xiva xonligi G’arb bilan SHarq o’rtasidagi
savdoda faol qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki
uning hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog’liq. Xonlik poytaxti bo’lgan Xiva
shahri hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O’rta asrlarda shahar
hunarmandchiligi
ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada
gilam to’qish,
yog’och o’ymakorligi, to’quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari
mavjud bo’lgan.
1753-yil Xiva va Buxoroda bo’lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta
ekinining mo’lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning
ma’lum tartib qoidalarining yo’qligini yozadi. Uning xabariga ko’ra, bu yerda
hech qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish
mumkin bo’lgan. Bu o’rinda albatta
xivaliklarning xususiy korxonalarni
ochishga davlat tomonidan to’siqning bo’lmaganligi etirof etiladi.
XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng
muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar
yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi
toshlardan ko’p foydalangan.
XIX
asrning ikkinchi yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va
savdogarlar nomlari, Xiva bozorlarida tovarlar xilma-xilligi haqida tasavvur
qilishga imkon beradi. Jumladan, pazachi-er haydash asboblari yasovchilar,
xarrak-temirchilar, kuchanchi-buyincha yasovchi ustalar, misgar, zargar,
40
pichoqchi, qinchi, bo’yoqchi, choponfurush, telpakdo’z, konchi, kovushdo’z,
tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush, juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi,
qassob, tuzchi, kallapoz-qo’y kallasi sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va
tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog’och furushlar, ko’mirchi, shamchi, sovunchi,
sarrof, jarchi va boshqalar.
Bozorlarda bazi hunarmandlarning do’konlari ham bo’lib, mahsulotni shu
yerda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do’kon ham korxona, ham rasta
vazifasini o’tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar.
Po’stindo’zlar, ipak mato to’quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida
ishlaganlar, va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar56. Xiva
ananaviy metall buyumlar ishlab chikarish markazi bo’lib, XIX asrning
o’rtalarida u yerda 38 misgar bo’lgan.
Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim
rol o’ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan
meros bo’lib kelgan.
Mamlakatda
hunarmandchilikning
rivojlanishi
bevosita
iqtisodiy
taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan.
Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning
azaldan moddiy va ma’naviy madaniyat markazi bo’lib kelganligini,
xivaliklarning boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib
kelganligini XVI asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat
beradi.
Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan
savdo aloqalarida bo’lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan
rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik
elchilarning keltirgan ma’lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat
qilamiz.
Jumladan, 1585-yil 11-noyabrda xivalik elchi Xo’ja Muhammadning
Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari
Dostları ilə paylaş: |