18
1643-yilda Asfandiyorxon vafot etdi. Uning o’rniga inisi Abulg’ozi Xiva
xoni qilib saylandi. U boshqa xonlardan farqli o’laroq, o’ta tadbirkor,
tashkilotchi, ma’rifatli xon edi. Fors-tojik, arab va mo’g’ul tillarini bilgan,
o’zining «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» deb nomlangan tarixiy
asarlari bilan jahonga mashhur bo’lgan.
Abulg’oziyxon hokimyat tepasiga kelgach, dastavval, asosiy e’tiborni
davlat tuzumini mustahkamlashga qaratadi. U turkman amaldorlarini davlat
boshqaruvi ishlaridan chetlashtiradi. Ular qo’lidagi mol-mulklar, yer-suvlar
tortib olinadi,
o’zlari
esa xonlik hududlaridan haydab
chiqariladi.
Turkmanlarning ko’pchiligi, Janubiy Turkmaniston, Mang’ishloq tomonlarga
ko’chishga majbur bo’ldilar. Xonlikning
barcha yuqori lavozimlari Xiva
shayboniylari vakillari qo’liga topshirildi. Shayboniyzodalardan 360 kishini
xonlikning turli lavozimlariga tayinladi. Bundan tashqari, yana 32 ta markaziy
boshqaruv lavozimlari tashkil etilib, ular tubandagicha taqsimlandi: 2 ta
shayxulislom, 1 ta mutavalli, 1 ta parvonachi, 2 ta oko, 2 ta arbob, 4 ta chig’atoy
inoqi, 1 ta noib, 4 ta otaliq, 1 ta inoq, 4 ta mirob, 4 ta biy, 1 ta vazir (mehtar) 1ta
qushbegi va hokazo. Bu bilan Abulg’oziy Shayboniylar va yerli aholining
nufuzli vakillarini davlat boshqaruv ishlariga jalb etib, ular orasida ma’lum
23
darajada barqarorlikni o’rnatdi .
Abulg’oziyning ichki siyosat sohasida o’tkazilgan eng muhim tadbirlaridan
yana biri Dashti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi qabilalarni butun voha
bo’ylab
o’troqlashtirish siyosati bo’ldi. U o’zlarini «O’zbek» deb
atagan
ko’chmanchi qabi-lalarni o’zaro yaqinliklariga qarab, to’rtta to’paga (guruxga)
bo’lib, Darg’onotadan to Orol dengizigacha bo’lgan yerlarga joylashtirdi.
Birinchi to’pani, asosan uyg’ur-naymonlar tashkil qilib, unga yana do’rman,
yuz, ming, shayx, burloq kabi kichik urug’lar ham qo’shilgan. Ular Orol
dengizigacha bo’lgan hududlarga joylashtirdi. Ikkinchi to’paga asosan,
qo’ng’irot-qiyotlar birlashtirilib, unga jaloyir va alieli urug’lari ham qo’shilgan.
Uchunchi to’paga nukus - mang’it qabilalari birlashtirilib, kanagas va xo’jaeli
Dostları ilə paylaş: