vor muvozanat holatida sistemaning potensial energiyasi P minimal qiy matga ega boMadi, befarq muvozanat holatida esa potensial energiyaning ikki qo‘shni qiymatlari orasidagi farq д р nolga teng boMadi: AP = Av - AE = 0 • Bu yerda v - ichki kuchlar potensial energiyasi; E - tashqi kuchlar potensial energiyasi. Bundan A c = AE kelib chiqadi. Bu qoidaga asoslanib, sistemalar uchun aniq tenglamalar tuziladi va ulardan kritik kuchning qiymati aniqlanadi. Inshootga ta’sir etuvchi yuk orta borib, o'zining kritik qiymatiga erishgan- da, inshootda tang (kritik) holat vujudga keladi, yuk yana biroz oshirilsa, in shoot butunlay ishdan chiqadi (buziladi). Tarixda siqilgan sterjenlar ustuvorli- gining yo'qolishi oqibatida inshootlaming qulab tushish holati ko‘p uchraydi. Masalan, 1907-yili AQShning Shimoliy Lavrentiya daryosiga qurilgan metall ko‘prik qulab tushib, 74 kishi halok boMgan. Bu fojiaga siqilishga ishlaydigan sterjenlar ustuvorligining noto‘g‘ri hisoblanganligi sabab boMgan. Shunga o‘xshash falokat 1891-yili Shveytsariyada ro‘y bergan, 12 vagonli passajir poezdi ko‘prikdan oMayotganda, ko‘prik bosib qolgan. Falokat natija- sida 74 kishi oMib, 200 kishi tan jarohati olgan. Ko‘prik fermasining siqiluvchi havonlaridan birining ustivorligini yo'qolishi ko‘prikni halokatga olib kelgan. Binokorlik va ko‘priksozlik tarixida bunga o‘shash misollar oz emas. Biroq inshootlar ustuvorligi masalasini to‘g‘ri hal etilishi insonlar uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi yuqoridagi ikki misoldan yaqqol ko‘rinib turibdi. 13.2. Siqilgan sterjenlar uchun Eyler formulasi Ikki uchi shamirli mahkamlangan sterjenga markaziy P kuchi qo‘yilgan