mazmun jihatidan ham, bayon etish usuli jihatidan ham boshqa umumtexnika fanlariga qaraganda ancha o‘zgardi. Bu davr ichida yaratilgan mashinalar (kosmik kemalar, atom reaktorlari, osmono‘par inshootlar va b.), yuksak fizik-mexanik xossalarga ega boMgan materiallar yaratishni talab qilish bi lan birga, yangi sharoitda puxta va ishonchli ishlay olishni ta’minlaydigan shaxsiy elektron mashinalariga mos matematik hisob usullarini ishlab chi- qish zaruriyatini ham tug'dirdi. Mazkur paragraf ShEHM yordamida mashinasozlik, samolyotsozlik va xususan, qurilish sohasida keng uchraydigan konstruksiyalarni hisoblash va loyixalashni avtomatlashtirishga bagMshlangan. Cterjenlarni kompyuterda hisoblash uchun chekli elementlar usuli (ChEU)dan foydalanilgan. Bu usulda har bir sterjen chekli element sifatida qabul qilingan (2.24-rasm). Chekli elementlar usuli cho'zilish-siqilishda, siljish va buralishda, egi-
lishda hamda murakkab qarshilikda umumlashtirilgan algoritm asosida hisob- lami bajarish imkonini beradi. Bu paragrafda biz ChEUni cho‘zilish va siqilish masalalarini hisoblash- ga doir matritsa ko'rinishidagi ifodasini keltiramiz. Markaziy siqilgan sterjen 2.23-rasmda keltirilgan steijen bir nechta oraliqlardan iborat. Agarda bitta oraliqning matematik modelini tuzsak, unda steijenni barcha oraliqlar yig'indisi tarzida hisoblasa boMadi. Har bir oraliqni chekli element deb ataymiz. 2.23-rasm Elementdagi ko‘chishning o‘zgarishi sterjenning o‘qi bo‘ylab chiziqli funksiya ko‘rinishida ifodalanib, matritsa ko‘rinishiga keltiriladi: и - a, + a 2x = [l x] (2.33)