bajariladi. Paxtani qabul qilishda uning namligi va ifloslanishini
aniqlashga egallab turgan lavozimi bo’yicha bunga huquqi bo’lgan
paxta tayyorlov tizimi xodimlaridan boshqa shaxslar bo’lishi man
qilinadi.
Tayyorlov punkti va paxta tozalash
zavodi xodimlarini paxta
respublika standartlari va paxta qabul qilish qoidalarini buzishga
majbur qilishda aybdor shaxslar paxta tozalash zavodi rahbariyatining
murojaati bo’yicha huquqni muhofaza etish organlari tomonidan qattiq
javobgarlikka tortilishi lozim.
Tayyorlov punktining laboratoriya mudiri (katta laborant)
klassifikatorlar tomonidan paxtani respublika standartlari talablariga
muvofiq to’g’ri qabul kilinishini, namunalar tanlanishini, shuningdek,
tayyorlov
punktida jamlash, quritish, tozalash va saqlash qoidalariga
rioya kilinishini muntazam nazorat kiladi.
Laboratoriya mudiri (katta laborant) bir kecha-kunduz
mobaynida laboratoriya jurnalida va pasport kartochkada katta
klassifikator va zona klassifikatorlarini laboratoriya asboblari
yordamida navni aniqlash natijalari bilan ma’lumot jamlash kunlari
bo’yicha tanishtirishi shart, toki ular qabul qilinadigan paxta to’dasi
navini baholashda xatoga yo’l qo’yishmasin.
Tayyorlov punktining laboratoriya mudiri (katta laborant) pax-
tani qabul qilish, jamlash va uni paxta zavodga jo’natishda asboblar
bilan iflosligi va namligini, shuningdek, bahsli hollarda navi, namligi
va ifloslanishini aniqlash to’g’riligi uchun bevosita javob beradi.
Tayyorlov punkti laboratoriyasining ishi to’g’riligini nazorat
qilish bevosita paxta tozalash zavodning texnik nazorat bo’limi
tomonidan amalga oshiriladi.
Paxtani qabul qilish zavod qoshidagi va zavod
hududidan
tashqaridagi tayyorlov maskanlarida to’dalar shaklida amalga
oshiriladi. Bitta nav, tur va sinfga tegishli sifat to’g’risidagi hujjat
bilan rasmiylashtirilgan paxta keltirilgan to’da hisoblanadi.
Agar bu to’dada turli selektsion va sanoat navlari, turlari hamda
sinflariga tegishli paxta aralashtirilgan bo’lsa, paxta shu to’dada
mavjud bo’lgan
eng past nav, tur va sinflari bo’yicha qabul qilinadi.
Belgilangan selektsion paxta tolasining turi me’yoriy hujjatlariga
muvofiq o’rnatilgan tartibda aniqlanadi (O’zRST 615-94 ga binoan).
Har bir paxta turi rangi, tashqi ko’rinishi
va pishib etilganligi
koeffitsientiga binoan besh navga bo’linadi I, II, III, IV, V. Paxta
navi, rangi va pishib etilganlik koeffitsienti ko’rsatkichlariga ko’ra
aniqlanadi.
Paxta navi 2.1-jadvalda berilgan me’yorlarga muvofiq, if-
loslanganlik (iflos aralashmalarning vazniy ulushidan) va nam-lik
(namlikning vazniy nisbati) miqdoriga qarab 1 (qo’l), 2 (mashina) va
3 (to’kilgan paxtani terish) navlarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: