Umumiy tavsifhing
“Kurs ishi mavzusining belgilanishi” bandida mavzuni
tavsiya etgan kafedra va mavzuning tasdiqlanganligi haqidagi m aium ot aks etadi.
“Kurs ishining maqsadi va vazifalari” bandida mavzuni yoritishda
ko'zlangan maqsad belgilanadi hamda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi.
Umumiy tavsifhing
“Kurs ishining tadqiq obyekti va metodi” bandida
o‘rganilayotgan til sathi birligi, uning tahlilga tortilgan
jihati qayd etiladi hamda
tanlangan mavzuni yoritishda qanday tahlil usullaridan foydalanish ko‘zda
tutilganligi ma’lum qilinadi.
“Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati” bandida erishilishi ko'zda tutilgan
ilmiy natija va ishning amaliy ahamiyati haqida m aium ot beriladi.
Umumiy tavsifning
“Kurs ishining tuzilishi” bandida yozilgan ishning tarkibi
va umumiy hajmi haqida m aium ot beriladi.
Kurs ishining
Kirish qismida mavzuning o'rganilish darajasiga baho berish
lozim boiadi. Mavzuga oid ilmiy manbalar chuqur tahlil etilib,
ularga munosabat
bildiriladi. Kurs ishining
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi haqida ham
munosabat bildirish mumkin.
Kurs ishining
Asosiy qismida mavzu yuzasidan ko'tarilgan muammo b o iim
(bob), b o iim (bob) bandlari orqali ochib beriladi. Kurs
ishining asosiy b o iim
(bob)lari, b o iim (bob) bandlarida mavzuning asl mohiyati daliliy misollar tahlili
asosida izchillikda ochib beriladi. Daliliy misollar asosiy hollarda badiiy, publitsistik
uslub, zarur o'rinlarda so'zlashuv nutqi materiallaridan tanlab olinadi.
Kurs ishi boblarida hal etilishi ko‘zda tutilgan masalalar nazariy xarakter kasb
etishi lozim. Zarur hollarda nazariy masalaning amaliyotga tatbiqi xususida fikr-
mulohazalar bayon etiladi. Agar kurs ishida
ilovalar berish lozim topilsa, ular ish
so'nggida qayd etiladi. Ilovalarda muayyan masalaning mohiyatini ochib berishga
qaratilgan jadvallar, chizmalar, masalani yechishga doir namunalami berish ko‘zda
tutiladi.
Kurs ishining
Umumiy xulosalar qismida talabaning mavzuga oid tahliliy
materiallar asosida chiqargan nazariy xulosalari umumlashtiriladi hamda uning
11
nazariy qarashlarga qisqa munosabati, mavzuni o rganish yuzasidan tavsiyalari
beriladi.
Kurs ishining
Foydalanilgan adabiyotiar ro‘yxati qismida
kurs ishini yozish
jarayonida foydalanilgan barcha ilmiy manbalar qayd etiladi.
Kurs ishi mavzusini yoritishda foydalanilgan adabiyotiar ro ‘yxati ish so‘ngida
beriladi. Ilmiy manbalar alfavit tartibida ketma-ket raqamlanadi. A w al asar
muallifining ismi-sharifi,
so'ngra ilmiy manba nomi
(darslik,
qoilanm a,
m onografiya.. . asar nashr etilgan shahar, nashriyot nomi va ilmiy manbaning
umumiy sahifasi aniq ko rsatiladi. Agar ilmiy manba jum al yoki to ‘plamda e’lon
qilingan
b o isa , muallifning ismi sharifi, so ngra maqola yoki tezis nomi, nashr
etilgan jum al, to'plam nomi, jum al yoki to'plam nashr etilgan shahar nomi, so‘ngra
maqola yoki tezisning ilmiy jum al, to ‘plamdagi sahifasi ko'rsatiladi.
(3-ilova)
B a’zan kurs ishi yakunida
ilovalar beriladi. Ilovalar zarur o'rinlarda
mavzu
mohiyatini yanada yorqinroq ochib berish uchun qo‘shimcha izoh sifatida ishlatiladi.
Asosiy hollarda ilovalarda jadval va turli chizmalar aks etadi. Shuningdek, ilovalarda
ishda qo'llanilgan ilmiy terminlar sharhi, talaba tomonidan ishlab chiqilgan va
tavsiya etiladigan lug'at namunalarini ham berish mumkin bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: