|
|
səhifə | 4/10 | tarix | 10.05.2023 | ölçüsü | 488,95 Kb. | | #110733 |
| ANALOG-RAQAMLI O\'ZGARTGICHLAR
7.6. Kuchlanishni chastotaga o‘zgartiruvchi ARO‘
Ushbu turdagi ARO‘ larda qayd etilgan vaqt davomida impulslar hisoblagichini to‘lishiga asoslangan to‘g‘ri burchakli impulslarni takrorlanish chastotasini o‘lchash metodi qo‘llaniladi. Bunday o‘zgartirishlar kirish kuchlanishi sekin o‘zgarishida qo‘llaniladi. Ushbu ARO‘larning asosiy ustunligi – sxematik yechimi soddaligi. “Kuchlanish-chastota” o‘zgartirgichning kichik o‘lchamlari
124
birlamchi axborot manbalari bevosita oldida uni joylashtirishga va shu bilan birga
yuqori munosabatli signal-shovqinli ARO‘ amalga oshirishga imkon yaratadi.
7.6. rasm. Kuchlanishni chastotaga o‘zgartiruvchi ARO‘.
7.7. Parallel o‘zgartiruvi ARO‘lar
Ushbu turdagi ARO‘ lar ikkili-vaznli E0 manba asosida tuziladi, bu erda TKM- tayanch kuchlanishi manbasi, DС –deshifrator (3.6. rasm.). Bunday turdagi o‘zgartirgichlarning ustunligi – komparatorni ulanish va o‘chirilish vaqti bilan aniqlanuvchi yuqori tezkorligidir. 3-razryadli chiqish kodida o‘zgartirish chastotasi 10-20 MGs erishi mumkin. Komparatorlar soni chiqish kodi razryadlariga teng. Ikkili chiqish kodini olish uchun chiqishda (DС) deshifrator zarur. Bunday turdagi o‘zgartirgichlar tezkor analog-raqamli o‘zgartirishlari zarur bo‘lganida “n-2-4” larda samaralidir.
7.7. rasm. Parallel o‘zgartirishli ARO‘.
125
Nazorat savollari:
1. Raqam analog ozgartirgich nima?
2. Ketma-ket hisobli ARO‘ tuzilishi va ishlash printsipi qanday? 3. Integralli ARO‘ tuzilishi va ishlash printsipi qanday?
4. Kuchlanishni chastotaga o‘zgartiruvchi ARO‘qanday tuzilgan?
5. Parallel o‘zgartiruvi ARO‘lar tuzilishi va ishlash printsipi qanday?
126
VIII-BOB. RAQAMLI ANALOG O‘ZGARTIRGICHLAR (RAO‘)
Dostları ilə paylaş: |
|
|