O‘zbekiston Respublikasi hududida me’yoriy-texnikaviy hujjatlarning šanday toifalari amal qiladi?
Ushbu Qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining standartlash, metrologiya va sertifikasiyalash masalalari bo‘yicha milliy organi funksiyasi qaysi tashkilotga yuklatildi?
Foydalaniladigan manba va adabiyotlar
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida” gi Qarori. 1992 yil 2 mart, Toshkent.
Ismatullaev P.R., A.A. A’zamov, A.N. Maqsudov, A.X.Abdullaev, B.M.Axmedov. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. “O‘zbekiston”. Toshkent 2001 -360b.
Djumaboev A.B. Standartlashtirish (ma’ruzalar matni). Toshkent, TDTU, 2007 -110b.
3-seminar mashg‘uloti. Xalqaro GLOBAL GAP standartining talablari.
O‘zbekistonda «GLOBALG.A.P.» xalqaro standarti talablari.
Qonunning bo‘lim va moddalarini tahlil qilish.
3.«GLOBALG.A.P.» xalqaro sertifikatini qisqaroq muddatda va arzonroq qiymatda olishlari mumkin 2-bo‘lim – “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar” tahlili.
4.«GLOBALG.A.P.» sertifikatsiyasi fermerga nega kerak? 5.Yangi davlat standartini qabul qilishning foydali tomonlari
Kalit (tayanch) so‘zlar.mahsulotlarining havfsizligini hamda ishlab chiqarish texnologik
Endilikda agromahsulotni «GLOBALG.A.P.» standarti bo‘yicha oson va arzon sertifikatlash mumkin
Mon Jan 29 00:00:00 UTC 2018
O‘zbekistonda «GLOBALG.A.P.» xalqaro standarti talablari asosida ilk bor Maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti bo‘yicha (G.A.P. – Good Agricultural Practice) davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Buning natijasida, mahalliy kompaniyalar jahon bozoriga chiqish uchun «GLOBALG.A.P.» xalqaro sertifikatini qisqaroq muddatda va arzonroq qiymatda olishlari mumkin.
«GLOBALG.A.P.» o‘zi nima? «GLOBALG.A.P.» – bu yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining havfsizligini hamda ishlab chiqarish texnologik zanjirining zamonaviy sifat va texnika talablariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan e’tirof etilgan xalqaro standartlar tizimidir. Xozirgi vaqtda «GLOBALG.A.P.» tizimida dunyoning 124 mamlakatidan ziyod qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari sertifikatlanganlar, sertifikatga ega xo‘jaliklar soni 180 mingdan ortiq bo‘lib, ularning 75% o‘simlikshunoslik mahsulotlari (sabzavot va mevalar)ga to‘g‘ri keladi.
«GLOBALG.A.P.» sertifikatsiyasi fermerga nega kerak? Jahon bozoriga chiqish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari havfsiz sharoitda va ekologik talablar hisobga olingan holda yetishtirilganligiga kafolat berishlari kerak. Ular kimyoviy moddalarni qo‘llash me’yorlariga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishlari, shuningdek, ishchilari va atrof-muhitga g‘amho‘r munosabatda bo‘lishlari zarur.
Ko‘plab xorijiy kompaniyalar uchun «GLOBALG.A.P.» sertifikatining mavjudligi - agromahsulot bilan savdo qilishning muhim shartlaridan biridir. Xalqaro chakana savdo tarmoqlari va supermarketlar, sifati xalqaro standartlar tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni xarid qilishga qiziqish bildirishadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bozorlarida kuzatilayotgan keskin raqobat sharoitida «GLOBALG.A.P.» sertifikatining mavjudiligi, yetishtirilgan mahsulot barcha sifat talablariga mos kelishini tasdiqlaydi, bu o‘z navbatida iste’molchilarning sodiqligini ortishi hamda savdolar o‘sishiga xizmat qiladi.
«GLOBALG.A.P.» tizimini joriy etgan ishlab chiqaruvchi o‘z mahsuloti uchun oshkoralik va mas’uliyatni namoyish etadi va bu sho‘hrat ortishiga yordam berib, mahsulotning sotilish hajmini oshiradi.
Yangi davlat standartini qabul qilishning foydali tomonlari Avvallari mahalliy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari o‘z tovarlarini «GLOBALG.A.P.» standarti bo‘yicha sertifikatlash uchun xorijiy kompaniyalarga murojaat qilishga majbur bo‘lar edilar. Bugungi kunda esa «GLOBALG.A.P.» talablari asosida Maqbul qishloq xo‘jalik amaliyoti davlat standarti tasdiqlanishi tufayli mahalliy sertifikatlash organlari ham bu amaliyotni bajarishlari mumkin. Mazkur yangilik sertifikat olishga ketadigan moliyaviy harajatlar va vaqtni qisqartirib, ishlab chiqaruvchilar uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishlariga imkon beradi.«GLOBALG.A.P.» standartiga muvofiq bo‘lish fermerlar uchun chet el bozorlariga chiqishni osonlashtirib, daromadni oshirish imkoniyatini beradi. Iste’molchilar sifatli va havfsiz agromahsulotni xarid qilishlari mumkin bo‘lsa, agrokompaniyalarning xodimlari esa munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlanadilar. Bundan tashqari, «GLOBALG.A.P.» standarti qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilaridan o‘z faoliyatlarida ekologik yondashuvni hamda atrof-muhitga nisbatan g‘amho‘r munosabatda bo‘lishni talab qiladi.“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” BMTTD loyihasi 2015 yildan boshlab xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashni joriy etish yordamida mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqishi sharoitlarini yengillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, fermerlar uchun qator seminarlar va anjumanlar o‘tkazilib, agrokompaniyalarga «GLOBALG.A.P.» sertifikatini olishda amalga oshiriladigan auditga tayyorlanish borasida yordam ko‘rsatildi. Fermerlarga ko‘mak tariqasida «GLOBALG.A.P.» xalqaro standarti bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishini sertifikatlash uchun asosiy talablarga oid qo‘llanmasi chop etildi.
BMTTD va O‘zbekiston Hukumatining aholi daromadlarini oshirish hamda ish o‘rinlarini yaratish uchun xalqaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha tashabbusi 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar Strategiyasi, shuningdek, Barqaror taraqqiyot maqsadlariga (BTM) erishishda davlatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan BMTTD global faoliyatiga muvofiq hayotga tatbiq etilmoqda.
“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi “Markaziy Osiyoda savdo rivojlanishiga ko‘maklashish – III bosqich” mintaqaviy loyihasining O‘zbekistodnagi milliy komponenti. Ushbu loyiha aholi daromadlarini oshirish, yangi ish joylarini yaratish va eksport hajmini oshirishda yordam berishga qaratilgan.