О‘zbekistonda “Obod qishloq” davlat dasturi - qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan ta’minlash masalalari
REJA:
“Obod qishloq” va “obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni
“Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida:
1. Belgilansinki, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi o‘rinlarda — Dasturlar) doirasida:
a) qishloqlar (mahallalar) ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:
olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda joylashganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga aholi tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni;
aholi va tadbirkorlarda o‘zlari istiqomat qilayotgan (joylashgan) qishloq (mahalla) hududini birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarning mavjudligi;
“Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomiga egaligi;
b) qishloqlarda (mahallalarda) amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini hamda ularni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larni tuman (shahar) hokimliklari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida himoya qiladi;
v) har bir qishloqni (mahallani) rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tegishli qishloqdagi (mahalladagi) mavjud imkoniyatlar, aholining uzoq yillar davomida shakllangan salohiyati, tadbirkorlik muhiti va “o‘sish nuqtalari” inobatga olingan holda belgilanadi;
g) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan:
aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, joylarda oqova suv xandaqlari va sanitariya inshootlarini barpo etish;
elektr ta’minotini, jumladan, transformatorlar va nimstansiyalar holatini yaxshilash, aloqa va axborotlashtirish tizimini modernizatsiya qilish, aholiga gaz yoqilg‘isi uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etish;
ichki avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘laklari, transport to‘xtash bekatlari va boshqa yo‘l infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yo‘lbo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;
qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya tizimlarini barpo etish, sizot suvlar sathini pasaytirish, ariqlarni tozalash va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritish;
ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, turizm obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.
2. Dasturlarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan:
mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan mezonlar asosida har bir tuman va shahardan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan jami 397 ta qishloq va mahalla tanlab olinganligi;
yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2021-yilda barcha tuman va shahardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi:
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari 1-ilovaga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ichki yo‘llar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 2, 2a — 2n-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida irrigatsiya, aloqa va axborotlashtirish tizimlarini yaxshilash, sport va bolalar maydonchalari barpo etish, qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish parametrlari 3, 3a — 3n-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ijtimoiy soha obyektlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlarini qurish va ta’mirlash hamda uy-joy fondini yaxshilash parametrlari 4, 4a — 4n-ilovalarga muvofiq;
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoat transporti, maishiy chiqindilar bilan ishlash tizimi va bozor infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 5, 5a — 5n-ilovalarga muvofiq;
ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 6, 6a — 6n-ilovalarga muvofiq;
ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash parametrlari 7, 7a — 7n-ilovalarga muvofiq;
past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish parametrlari 8, 8a — 8n-ilovalarga muvofiq;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 9, 9a — 9n-ilovalarga muvofiq;
kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish parametrlari 10-ilovaga muvofiq;
tuman markazlari va shaharlarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish parametrlari 11, 11a — 11n-ilovalargamuvofiq;
irrigatsiya obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 12, 12a — 12n-ilovalarga muvofiq;
gaz ta’minoti tizimini yaxshilash parametrlari 13, 13a — 13n-ilovalarga muvofiq;
aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish parametrlari 14, 14a — 14n-ilovalarga muvofiq;
ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 15, 15a — 15n-ilovalarga muvofiq;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlari hamda madaniyat markazlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 16, 16a — 16n-ilovalarga muvofiq;
jamoat transporti va maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 17, 17a — 17m-ilovalarga muvofiq;
qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish parametrlari 18, 18a — 18m-ilovalarga muvofiq;
sport va bolalar maydonchalari barpo etish parametrlari 19, 19a — 19m-ilovalarga muvofiq;
uy-joy fondini yaxshilash parametrlari 20, 20a — 20n-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga, zarur hollarda, Dasturlar parametrlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
a) Dasturlar doirasida:
ijtimoiy soha, ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv tizimi hamda yo‘l-transport infratuzilmasi obyektlari uchun ajratiladigan mablag‘lar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, telekommunikatsiya operatorlari va provaydyerlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan, Dasturlarga tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha loyihalar kiritilishi yoki istiqbolsiz loyihalar chiqarib tashlanishi mumkin;
v) obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan Dasturlar doirasida ajratilgan mablag‘lar yetishmagan taqdirda, ushbu obyektlarni qurish-ta’mirlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
Dostları ilə paylaş: |