zarang, ignabargli zarang, qumrang yong'oq, oddiy shumurt, oddiy
shumtol, butalar — do'lana, oddiy kamina, rugoza atirguli, oddiy
nastarin, Vengriya nastarini.
3. O'rtacha sovuqqa chidamli (15—25 °C gacha sovuqqa
chidaydi) — Qrim qarag'ayi, oq akatsiya, gledichiya, oddiy katalpa,
ajoyib katalpa, otlar kashtani, dala zarangi, kumushsimon zarang,
g'arb karkasi, qora terak, qora yong'oq, sariq qarag'ay, yapon
soforasi, Berlin teragi, Kanada teragi, oq tut, sharq chinori; butalar
— yapon behisi, oddiy biryuchina, deysiya, kalina garsovina, tor
bargli lox, skumpiya, nastarin, chebushnik, na’matak turlarining
katta qismi.
4. Sovuqqa chidamaydigan daraxtlar (1 0 —15°C gacha bo'lgan
sovuqlarga uzoq bo'lmagan muddatga chiday oladigan) — Arizona
kiparisi, tiqin qilinadigan eman; vavilon toli, doimiy yashil sarv,
kriptomeriya, lavr, magnoliya, doimo ko'k sekvoya, evkalipt;
butalar—glitsiniya, gortenziya, jasmin, zaytun, megerstremiya va b.
5 . Issiqsevar o'simliklar (10°C dan past) bo'lmagan qisqa
muddatli harorat pasayishiga chidamli o'simliklar; ularga subtropik
daraxt navlarining katta qismi kiradi.
180
0 ‘zbekistonda ko'kalamzoriashtirish uchun birinchi to 'rtta
guruhdagi o'simliklardan foydalanish mumkin.
Yozda
42°C gacha yetadigan yuqori havo harorati yetuk
o'sim liklar uchun va ayniqsa, urug'dan unib chiqqan o'simliklar
uchun juda xavflidir, ular ko'pchilik turlarda siqilib yetishtiriladi.
Achchiq kashtan, yirik bargli jo'ka, qayinning ayrim turlarining
barg va ignabarglari yozgi jaziramada kuyadi.
O'simliklarning hayotida tuproqning ildizga ozuqa beruvchi
qatlamining harorat rejimi katta ahamiyatga ega bo'lib, u organik
qoldiqlarning chirishi tezligini, ildizlarning o'sishi va nafas olishini,
o'simlikka suv va mineral moddalarning kelishini va h.k.larni
belgilaydi. Zamonaviy sanoat shahrida tuproqning harorat rejimi
uning tabiiy sharoitlaridagi rejimidan tubdan farq qiladi. 15 sm
chuqurlikda tuproqning harorati odatda, havo haroratiga teng
bo'ladi. Bu hoi o'rm on d a hech qachon kuzatilmaydi. Havo
harorati
36°C
bo'lganda
asfalt
qoplamasi
ostida
20
sm
chuqurlikdagi 48°C gacha qiziydi, ammo bog'da shu vaqtda daraxt
poyalari ostida xuddi shu chuqurlikda harorat 26°C dan oshmaydi.
Yoz vaqti ko'chada ekinlarning chuqurchalarini bekitib turadigan
metall panjaralar tuproqning haroratini ancha oshiradi. O 'ta qizish
tuproq namligini bug'lanishini keskin oshiradi va yerni tez quritib
yuboradi. Ortiqcha issiqlik namlikning barglar orqali bug'lanishini
oshiradi va ildiz tizimi faoliyatini susaytiradi. Yuqori haroratda va
namlik yetarli bo'lm aganda ildiz tuklarining o'sishi qisqaradi,
ularning so'rish qobiliyati susayadi va o'simliklarning umumiy suv
balansi yomonlashadi. Qishda qor qoplami bo'lmaganda, asfalt
ostida tuproq ancha chuqur joygacha muzlaydi va 20 sm
chuqurlikda tashqi havo haroratining 5 7 -70 % teng darajaga
pasayadi.
Qattiq
muzlagan
tuproqda
daraxtlarning
ildizi
shikastlanadi. K o'chalar, maydonlar va asfalt bilan qoplangan
joylardagi tuproqning noqulay harorat rejimi ko'kalamzoriashtirish
uchun yanada chidam li daraxt navlarini tanlab olishni talab qiladi.
Shahar sharoitida,
toshli
qurilishlar va
ko'cha
hamda
maydonlarning
asfalt
qoplamalari orasida yuqori bo'lganda
transpiratsiya va nafas olish jadalligi keskin kuchayadi, o'simlik
to'qim alari suvsizlanadi, fotosintezning jadalligi tushadi, organik
modda sarfi asta-sekin uning sintezidan oila boradi. O'simlik
susayadi,
kasallik
va
zararkunandalarga
oson
chalinadi,
dekorativligini va mustahkamligini yo'qotadi, vaqtidan ilgari halok
bo'ladi.
181
Buta
navidagi daraxtlar yuqori haroratning ta ’siriga turlicha
qarshilik ko'rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |