Obodonlashtirish va transport



Yüklə 4,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/171
tarix19.08.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#139918
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

relsli —
tramvay, metropoliten, tem ir yo'l.
Shaharsozlik loyihalash amaliyotida harakat tarkibining sig'imi 
hisobiy davr uchun bitta o'tiradigan joy va uchta tik turuvchi 
kishiga 1 m2 joy, dastlabki hisob uchun esa bitta o'tiradigan joy va 
beshta tik turuvchi kishiga 1 m2 joy salonda ajratiladi.
Turli xildagi shahar ommaviy yo'lovchi transportlaridan 
foydalanish sohasi quyidagicha tavsiflanishi mumkin.
Avtobus.
Turli qoplamali ko'chalarda ham bemalol yuradigan, 
harakatlanish imkoniyati yuqori bo'lgan transport turidir. Sig'imi va 
harakatlanish chastotasi 
katta 
(10-120 yo'lovchi) bo'lib, turli 
miqdordagi yo'lovchi oqimiga xizmat qilishi mumkin: kichik (100 
yo'lovchi/s dan ortiq), o'rta (5000 yo'lovchi/s gacha) va katta 
(8-10 ming yo'lovchi/s gacha).
79


Avtobus yo'llarining bo'ylam a qiyaligi 70 %dan oshmasligi 
lozim.
Trolleybus.
Yo'lovchi tashish qobiliyati 8000 yo‘lovchi/s gacha.
Kamchiligi. Yo‘l tarm og‘ida murakkab qurilmalarga ega bo‘lib, 
qisqa yo‘llarda qo'llash maqsadga muvofiq emas; avtobusga 
nisbatan harakatlanish imkoniyati ancha chegaralangan bo'lib, tekis 
qoplamali ko'chani talab etadi.
Afzalligi — atmosferani zaharlamaydi.
Y o'llarning bo'ylam a qiyaligi 60 %dan oshmasligi lozim.
Tramvay.
Yer usti shahar transportlari ichida tramvay yo'lining 
qurilishiga eng ko‘p mablag* sarfianadi, shuning uchun uni 
yo‘lovchilar oqimi bitta yo'nalish bo'ylab soatiga kamida 8-10 
ming yo'lovchi haraktlanadigan yo'nalishlarda qo'llash maqsadga 
muvofiqdir.
Afzalligi — atmosferani zaharlamaydi (lekin sliovqin darajasi 
yuqori).
Tramvay yo'lida relslar oralig‘i 1524 mm (tem ir yo'l va 
m etropoliten yo'llari kabi).
Y o'llam ing bo'ylam a qiyaligi 60 %dan oshmasligi lozim.
Metropoliten.
Katta tezlikka va yo'lovchi tashish sig'imiga ega 
bo'lgani holda, qurilishi uchun juda katta sarmoya talab etiladi. 
Shuning uchun, metropolitenni loyihalash yo’lovchilar oqimi bitta 
yo'nalish bo'ylab soatiga kamida 20 ming yo'lovchi harakat- 
lanadigan yo'nalishlarda qo'llash maqsadga muvofiqdir yoki u 
aksariyat hollarda aholisi kamida 1 min. kishi bo'lgan shaharlarda 
rejalashtiriladi. Jahon tajribasida esa metropoliten tarm og'i aholisi 
kamida 4 min bo'lgan shaharlar uchun maqsadga muvofiqdir
M etropoliten tarm og'ida bekatlar oralig'i 
1—2 km qilib 
loyihalanadi. Lekin bekatlar oralig'ining o'lcham i aksariyat hollarda 
shaham i tashkil etuvchi funksional zonalarga, aholi ko'proq 
yig'iladigan joylardan kelib chiqadi.
M etropoliten tarm og‘i chuqur joylashgan, sayoz joylashgan va 
yer ustida o'tkaziladi. Chuqur joylashgan metropoliten tarm og'iga 
misol qilib, Sankt-Peterburg shahridagi metroni keltirish mumkin. 
Toshkent shahrida esa m etropoliten tarm og'i unchalik chuqur 
bo'lm agan holatda o'tkazilgan.
Tarkib 
harakatlanadigan tonellarning 
bo'ylam a qiyaligi 
40 %dan oshmasligi lozim.
Dem ak, metropoliten tarm og'i ulkan shaharlarda transport 
masalasini yechishda muhim rol o'ynaydi va shaharsozlikda bu 
transport turi istiqbollidir.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin