Ichki y o ‘laklar.
Ichki yo'laklar mikrorayonlar ichida loyihalanib, alohidagi yoki
binolar guruhiga xizmat qiladi. Odatda, ular tuman miqyosidagi
magistral ko‘chaga yoki turaijoy ko‘chalariga borib ulanadi. Sanoat
tumanlarida ular orqali alohidagi obyektlaiga boriladi.
Ichki yo‘laklarda qatnov qismining o'qlariga nisbatan egrilik
radiusi 30 m bo'lib, eng katta bo'ylam a qiyalik 8 % (togii
hududlarda 10 %) ni tashkil etadi. Bunday ko‘chalarda hisobiy
tezlik 30 km /s dan oshmasligi lozim.
P iyodalar y o ‘llari.
Piyodalar yo'Ilari mikrorayonlarda, turaijoy tum anlarida,
jam oat va savdo markazlarida, istirohat bog'larida, o ‘rmon tipidagi
istirohat bog'larida, dam olish maskanlarida, ko‘rgazmalarda, sport
majmualarida
va
boshqa
piyodalar
to'planadigan
joylarda
loyihalandi.
So'nggi yillarda, shaharsozlikda piyodalar yo'Ilari transport
harakatidan imkoni boricha himoyalanmoqda.
Piyodalar yo'llarini, piyodalar yo'Ikalari (trotuarlar) kabi
qatnov qismi bo'ylab emas, balki erkin ravishda, madaniy-maishiy
markazlarga, jam oat transporti bektlariga, maxsus alleyalarga,
piyodalar uchun ajratilgan ko'chalarga chiqadigan qilib loyihalash
taklif etiladi.
Piyodalar yo'Ilari va yo'laklari uchun yuqori bo'ylam a
nishablik 8 %ni tashkil etadi.
Shaham ing bosh rejasini qurishda, turli toifadagi ko'cha va
yo'llar o'zaro bitta pog'ona ketma-ketlikda bog'lanish tamoyiliga
amal
qilinadi,
ya’ni
ichki
yo'laklar turarjoy yoki
tum an
ahamiyatidagi magistral ko'chalarga, ular o 'z navbatida shahar
ahamiyatidagi magistral ko'chalarga, ular esa tezkor yoki tashqi
yo'llarga ulanishi lozim.
Yuqorida keltirilgan, toifalashtirilgan ko'cha va yo'llardan
tashqari, shaharsozlikda maxsus ko'chalar (masalan, asosiy va
savdo ko'chalari, qirg‘oq oldi ko'chalari, istirohat bog'laridagi
yo'llar) ham loyihalanadi.
Dostları ilə paylaş: