muddatli dam olish joyi sifatida mo'ljallangan. 10. M a’muriy va jamoat muassasalari oldidagi ekinlar — qisqa dam olish joyi va me’moriy bezatish elementi bo'lgan ko'kalamzorlashtirilgan uchastka. 11. Ko'p qavatli uylar qurilgan turaijoy, mikrorayonlar va dahalardagi o'simliklar. Dam olish va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanish joylami tashkil etish va sanitariya-gigienik sharoitlarini yaxshilash uchun mo'ljallangan. 12. O'rmon parklar — tabiiy va sun’iy yaratilgan massiv bo'lib, dam olish va jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish ishlari uchun foydalaniladigan hamda shahar va qishloq joylaming qurilish qilinmagan qismida joylashgan. 13. 0 ‘tloq park — xuddi o'rm on park kabi. faqat unda maysazor ko'proq qismini tashkil etadi. 14. Ommaviy dam olish zonasi — shahar va qishloq qurilishdan tashqaridagi yashil massiv (ko'pincha, aholi punktidan ancha katta masofada joylashadi), u yerda pansionatlar, palatkaii lagerlar, sport inshootlari va dam oluvchilarga xizmat ko’rsatuvchi butun majmua joylashadi. Cheklangan holda foydalaniladigan ko'kalamzorlar 1. Maktablar, o'rta maxsus o'quv muassasalari, oliy o'quv yurtlari qoshidagi o'simliklar dam olish, jismoniy tarbiya .mashg'ulotlari va bir qator o'quv mashg'ulotlari o'tkazish uchun mo'ljallangan ko'kalamzorlashtirilgan uchastkalar. 2. Bolalar bog'chalari va yaslilardagi o'simliklar - o'yinlar, jismoniy tarbiya va bolalaming uxlashi uchun sog'lomlashtirilgan va