turadigan daraxtlar ta ’minlaydi. Quyosh yoritgan barglar kuchli qiziydi. Biroq soyadagi barglaming harorati atrofdagi muhit haroratidan pastroq bo'lib turadi, buning sababi barg plastinkalari namlikni kuchli bug'lantiradi. Shu sababli katta daraxt barglari yuzining kattaligi hisobiga kuniga 300 I dan ortiq suvni bug'lantirish qobiliyatiga ega. Jadal bug'lanish natijasida daraxt sirtining va mos ravishda atrof-muhitning sovishi jarayoni namoyon bo'ladi. Bargi keng bo'lgan daraxt turlari (eman, jo'ka, katalka) suvni ko'p bug'latadi, bargi och yupqa bo'lgan daraxtlar (glidechiya, lox va b.) suvni kamroq bug'lantiradi. Daraxtlar va butalar havoning namligini oshirib, odamning issiqlik sezishiga ijobiy ta’sii ko'rsatadi. Namlikning 1 % ortishi haroratning 3,5°C pasayishiga mos keladi. O'simliklarning bug'lantiruvchi sirti o'simliklar bilan band bo'lgan maydondan 20 marta kattadir. lga o'rmonda vegetatsiya davrida 3 mln.kg.gacha namlik bug'lanadi. Katta maydonda joylashgan bog'da yoz kunlari namlik ochiq maydondagiga qaraganda taxminan 20 % yuqoridir. O’simliklarni havoning namligiga ta ’siri daraxtning 20 ta balandligiga teng masofaga tarqaladi. Agar daraxtlami ixcham massivlar tarzida joylashtirib, orasini zich o't qoplagan maydon bilan ajratilsa, yanada yaxshiroq sharoitga erishiladi. Bunday yechim havoning aylanishiga