olib borishi, tinch dam olish hududlarida esa yo'llar egri—bugri bo'lishi mumkin. Sport maydonlari tekis joylarda joylashishi, dam olish pavilonlari esa 161
baland-past relyefli joylarda joylashtirilishi kerak. Shuningdek, obyektning vazifasini ham hisobga olish zarur. Keltirilgan misollar ko'pincha rejalashning aralash ko‘rinishidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanini ko'rsatadi. Kolorit — rang to'grisidagi ta’limot. Daraxtlar, butalar va gullaming, inshootlar ranglarining birgalikda qo‘shilishi ko'kalam- zorlashtirilayotgan hududlarning badiiy ko‘rinishini yaratish uchun katta ahamiyatga ega. Inson ko‘zi faqat uzunligi 400 dan 700 mikrometr (mkm) gacha bo‘lgan rangli to ‘lqinlami qabul qiladi. Bunda uzunligi 400—430 mkm bo'lgan to'lqinlar binafsha rang, 430—470 — ko‘k rang, 470—500 — moviy rang, 500—570 — zangori, 5 7 0 -5 9 0 — sariq, 590-630 — to'qsariq, 630—700 - qizil rang sifatida qabul qilinadi. Bu nurlarning yig'indisi kunduzgi yorug'lik hissini uyg'otadi. Uzunligi 400 mkm dan kichik nurlar ultrabinafsha nurlar, 700 mkm dan uzun nurlar infraqizil nurlar bo'ladi. Ultrabinafsha va infraqizil nurlar ko'rinmaydi. Quyosh spektrining 63 tusidan odatda, oltita asosiy rang (rangli doira) ajratiladi: qizil, sariq, to‘q sariq, ko'k, zangori, binafsha. Asosiy, qo'shimcha va neytral ranglar farqlanadi. Asosiy ranglar bu — qizil, sariq, ko'k ranglar bo'lib, ular ajratilganda qolgan barcha