ko'p jadal o'sish 10 dan 20—30 yoshgacha kuzatiladi, daraxtda poya
va shoxlarning bir yillik o'sishi uning jadal o'sishining obyektiv
ko'rsatkichi bo'ladi (muhitning optimal sharoitida). Aynan bir
turdagi daraxtda poya va shoxlarning yillik o'sish kattaligi muhit
sharoiti, issiqlik miqdori, yog'ingarchilik, sug'orish va yorug'lik,
tuproq turi va qo'llanilayotgan agrotexnikaga kuchli bogiiqdir.
Amaliy maqsadlar uchun daraxtlarning o'sish tezligi bo'yicha
quyidagi tasnifini qabuli qilish mumkin:
Juda tez o‘suvchi_—
(novdasining yillik o'sishi 2 m va undan
ortiqni tashkil etadi) — evkalipt, qora terak, piramidasimon terak.
kanada teragi, balzani terak, tog'terak, oq poya, vavilon toli,
aylant, oq akatsiya, gleditsiya, ignabargli zarang, shakarli zarang.
Tez o'suvchi
(novdalarning yillik o'sishi lm va undan ortiq) —
yaproq bargli: qora yong'oq. gretsiya yong'og'i, pensilvaniya
zarangi, albisiya, ajovib katalpa, tut, tnaklura, chinor, lola daraxti,
g'adir-budir qayrag'och, mayda bargli qayrag'och, igna bargli qrim
qayrag'ochi, eldar qavrag'ochi, veymut qarag'ayi, ikki parrakli
ginkgo.
O'rtacha o'suvchi
(novdaning o'sishi 0,6 m va undan ortiq) —
yaproq bargli: silliq qayrag'och, bargli qayrag'och, qayrag'och,
o'tkir bargli zarang, dala zarang, eman, oddiy nok, yirik bargli
jo'ka; ignabargli: Engelmon archasi, tikanli archa, Virjiniya qora
archalari.
Sekin o'suvchi
(novdalarning o'sishi 0 ,2 5 —0,3 m ga yetadi) —
yaproq bargli: mayda bargli nok, sibir olmasi, pista, barg tashlovchi
magnoliva: ignabargli: sharq biotasi, O'rta Osiyo qora archalari
Shuni nazarda tut ish zarurki, yosh davrida sekin o'suvchi
Dostları ilə paylaş: |