Tepa
qismining zichligi.
Ko'kalamzoriashtirish
uchun
daraxtsim onlar tepa qismi sifatining muhim jihati uning massasi
hisoblanadi.
Tepa qismi zich yoki yengil, orasi ochiq (nozik) bo'lishi
mumkin. Tepa qismi zich bo'lgan
navlar m e’moriy inshootlar va
haykallar uchun yaxshi m anzara yaratadi. Ular chang va shamoldan
himoya qiladi, yaxshi soya beradi. Tepa qismining zichligi,
shoxlanishi sistemasi va barglar massasi bilan yaratiladi. Massiv
(katta) tepa qismlari zich (ochiq joylar kamida 25 %ni tashkil
etadi):
qayrag'och,
kashtan,
o 'tkir bargli
zarang;
o'rtacha
zichlikdagi (ochiq joylardan 25 dan 50 %gacha): aylant, am ur
barxati, qayin, oq tol, vavilon toli, kumushsimon zarang, Livan
kedri, gretsiya yong'og'i; yengil ochiq (ochiq joylar 50 % va undan
ortiq bo'ladi): oq akatsiya, ambitsiya, amorfa, giedichiya, drak,
botqoq sarvi, metaksevoya, ingichga bargli lox, yapon safarasi,
oddiy chetan, oddiy shumtol.
Barglaming dekorativ sifati. Daraxtlar va butalarning umumiy
dekorativ manzarasiga shoxlardagi barglaming shakli (ornamenti),
kattaligi, rangi va barglaming shoxda joylashishi ta ’sir ko ‘rsatadi.
Tepa qismining shakli bilan bir qatorda barglaming kattaligi,
ornam enti va rangi yakka piskalar uchun va oldingi plandagi
guruhlar uchun yog'och o'simliklarini tanlashda asosiy ahamiyatga
ega. Barglaming rangi tepa qismining faqat massasinigina, uning
o'lcham lari zichligini kuchaytiribgina qolmasdan, balki park
kompozitsiyalarida perspektivaning vaznini yasashda kontrast rang
yechimlarini topishda, m a’lum bir koloritdagi (qizil, tillarang,
moviy) o'simliklar uchastkalarini yaratishda muhim dekorativ
190
vosita bo'ladi. Barglar rangining mavsumga qarab o'zgarib turishi
bog'-park
o'simliklarida
mavsumiy
dekorativ
samarasini
kuchaytirish uchun muhim vosita hisoblanadi.
Baiglar bir-biridan farqlanadi, masalan, oddiy barglar (tol,
terak, qayin, em an va b.) va murakkab barglar (oq akatsiya,
kashtan, albitsiya, Yaponiya safarasi va b.), ular morfologiyasi va
kattaligi bo'yicha xilma-xil bo'ladi.
Yorug'likni yaxshiroq tutib qolish uchun daraxtsimonlarning
barglari bir-biriga kamroq soya beradigan qilib joylashadi. Pastki
barglar novda uzunligini o'zgartirish yo'li bilan yuqoridagi barglar
hosil qilgan ochiq joylar egallaydi, o'ziga xos barglar mozaikasi
paydo bo'ladi.
Dekorativ jihatdan baiglar mozaikasi ko'pgina daraxtsimonlar
navida samarali va m e’moriy kompozitsion yechimlarda hisobga
olinadi. Barglaming mozaik joylashuvi daraxtlar tepa qismining
zichligini oshiradi va uning muhim ornam ental detali bo'ladi. Barg
mozaikasining dekorativligi, ayniqsa, bino devorlarini va bog'
inshootlarini (pavilonlar, pergolalar, trelyajlar, gratlar, tirgak
devorlar) qoplab turuvchi chirmashuvchi o'simliklarda yaqqol
ifodalanadi. Chiroyli mozaikali joylashishi aytib o'tilgan maqsadlar
uchun nav tanlashda hisobga olinishi kerak.
Barcha daraxtsimonlar navlarida (bargli, bargi tushuvchi va
doimo ko'm -ko'k, ignabargli) guldor (rang barang) shakllar eng
ko'p tarqalgan. Bir xil tusli sariqbargli va oltinbargli shakllar asosan
bargli, bargi to'kiladigan navlar uchun va qisman ignabargli navdagi
daraxtlar uchun xosdir. Baiglarining rangi qizil va to'q sariq
bo'lgan shakllar faqat bargli, bargi to'kiladigan turlarida (emanning
qizil bargli shakli) keng tarqalgan va bargli doimo ko'm -ko'k
turlarida juda kam uchraydi. Ayrim igna barglilarda qishki
paytlarda ignabarglari jigarrang-qizil va bronza rangiga kiradi.
Ammo bu himoya sovuqqa qarshi ahamiyatga ega, lekin shakl
tashkil etish ahamiyatiga ega bo'lmagan, mavsumiy rang o'zgarishi
xolos. Barglaming um umiy yozgi bo'linishining quyidagi turlari
farq qilinadi:
a) och zangori, zangori (albitsiya, bunduk, katalpa, sharq
chinori, Pensilvaniya shumtoli va b.), to 'q zangori (shaftoli,
qayrag'och, nok, kashtan, terak, do'lana va b.), och zangori
(amorfa, budaleya va b.);
b) kumushsimon-oq (lox, jo'ka, oq terak, chakanda va b.),
ko‘k-zangori (kulrang yong'oq, tol va b.);
191
d) moviy -zangori (tikanli kumushsimon ko‘k archa, tog' qora
archasi, lola daraxti va b.).
D araxtlar va butalarning har bir turi uchun barglari rangi
o ‘ziga xos bo'ladi, bu rang yilning turli vaqtiga qarab o'zgarib
turadi. Bundan tashqari, yog'och navlari bargining yoshiga qarab
ham o'zgaradi, yosh baiglar och zangori, keyinroq zangori, to'q
zangori rangli bo'lib qoladi. Bahorda archada yangi yaltiroq sariq-
zangori ignabarg paydo bo'ladi. Barglaming bahoigi och va yaltiroq
bo'lishidan tashqari, yaltiroq kuzgi jilolanishi ham kuzatiladi.
Kuzgi jilolanish quyidagi ranglarga boy bo'ladi: och-sariq,
sariq, qizg'ish oltinrang, to 'q sariq, pushti, qizil, jigarrang, to 'q -
qizil va to 'q binafsha. Barglaming yorqin bo'yalishi tufayli bog' va
parklardagi ham da tabiiy o'rm on massivlaridagi ayrim daraxtlar
kuzda o'tkazilgan daraxtlarning umumiy massasi ichidan ajralib
turadi. U lardan ko'pchiligining kuzgi kiyimining go'zalligi bog' va
parklami
loyihalashda
va
qurilishda
jiddiy
o'rganish
va
foydalanishga qodirdir. Bargi to'kiladigan
navlardan chetan,
qayinda, sumakda, gingkgoda, sovun daraxtida, shaftolida va
boshqalarda kuzgi ko'rinishi nihoyatda rang-barangdir.
Daraxt navlari barglarining kuzgi bo'yalishi ochiqligi va uning
shunday saqlanib- turishi davomiyligi ob-havoga bog'liq. Quruq kuz
havosida barglaming rangi ochiq bo'lmaydi va daraxtlarda uzoq
vaqt turmaydi. Barglaming to'kilishini sovuq va yonig'irli kuz
ancha tezlashtiradi.
Uzoq davom etadigan iliq va o'rtacha
namlikdagi kuz havosi bog' va parklarning kuzgi qiyofasining ochiq
bo'lishi va saqlanishi uchun eng qulaydir. Yosh daraxtlarda barglar
ochiq rangda bo'ladi va shakllarda qari daraxtlarga nisbatan ancha
uzoq vaqt turadi.
192
Daraxtning tanasi m uhim dekorativ element hisoblanadi.
Dekorativlik uning shoxlardan tozalanganlik darajasi, shakllanish
xarakteri, sirtining rangi va fakturasi bilan belgilanadi. Tanadagi
shoxlar qancha yuqori joylashgan bo'lsa, u shunchalik tozalangan
hisoblanadi. Chinor, lola daraxti, qayin, tog‘terak, shumtol kabi
daraxtlarning turlarida tanasi ancha yaxshi tozalangan bo'ladi.
Tanasi yomon tozalangan daraxtlardan (do'lana, maklura) yashil
to'siqlar yaratishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Archa,
tuya, qora archa kabi turdagi daraxtlarning erkin turishida ularning
tanalari deyarli tozalanmaydi va shoxlanishi darhol yer ustidan
boshlanadi.
Ko'kalamzorlashtirishda u yoki bu turdagi navdan foydalanish
imkoniyatlarini baholab, unga xos bo'lgan salbiy yoki maqsadga
muvofiq bo'lmagan xossalami ham e ’tiborga olish kerak. Ularga
aw alo, hududning mevalari bilan ifloslanishi (terak, tut, chinor),
tikanlari yoki barglaridan zararlanishni (glidechiya, opunsiya,
qandog'och), shuningdek, mevalar va barglaming zaharli ekanini
(qozoq qora archasi) kiritish kerak. Bu turdagi daraxtlami bolalar
bog'chasida, maktablarda, bolalar parklarida ekmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: |