Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
Barcha usullar jamlanmasi tashkil topgan tarmoq usuli yuqorida
ta ’kidlab
o'tilgan
barcha usullardan
foydalanishda
shaham ing m e’moriy va m a’muriy talablaridan kelib chiqqan holda
har bir usul maqsadga ko'ra qo'llaniladi.
Oqova suvlar tarkibi eriydigan va erimaydigan tarkibli iflos
suvlardan iborat bo'lib, ular tozalanib, tindirilib suv havzalariga
oqizib yuboriladi. Suv havzalariga oqizib yuborishdan oldin uning
tozalik darajasi oqar suvni zararlamaydigan tarkib bo'lishi, ya’ni
sanitar m e'yorlar talabni qondirishi talab qilinadi.
Oqova suvlarni tozalash usuli va darajasi joyning mahalliy va
ekologik sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va ulardan
yana katta sanoatda hamda qishloq xo'jaligida foydalanish maqsadi
qo'yiladi.
Bu o'rind a dunyo mamlakatlari orasida Fransiva davlati
tom onidan taklif etilgan usul eng yaxshi samara beradi. Unga ko'ra
sanoat korxonalari korxona uchun iste’mol suvni korxona hududi
quyi qismidan asboblar yordamida olib ishlatilgan
oqova suvni
tozalash inshootida tozalab uni daryo oqimining korxonadan yuqori
sathidan tashlaydi. Oqova suvlarni tozalashda quyidagi usullardan
foydalaniladi: mexanik, biologik, kimyoviy va fizik- kimyoviy.
Mexanik usuldan foydalanilganda oqova suvlar 60 %gacha,
biologik usulda 90—92
%gacha tozalanadi. Tozalangan suv
tarkibida qanday miqdorda bakteriyalar miqdori bundan karnayadi.
Lekin shunday bo'lishiga qaramasdan hatto biologik usulda
tozalangan suv tarkibida ham bakteriyalar saqlanib qoladi. Ulardan
butunlay xalos bo'lish uchun zararsizlantirish usulini qo'llash lozim
bo'ladi. Shu maqsadda, barcha hollarda xlor yordamida suv
zararsizlantiriladi.
Shahar hududining relyefiga qarab oqova suv
tarm og'ining
rejaviy yechimida markazlashtirilgan va tarqoq holdagi shakllar
usuli qo'llaniladi. Ixcham shaharlarda relyefning umumiy bir
tom onga
qarab
qiyaligi
e’tiborga
olinib,
markazlashtirilgan
kanalizatsiya tarm og'i
shakli qabul qilanadi. Shunday usullami
Toshkent va Samarqand shaharlarida uchratish mumkin. Agar
shahar hududida bir necha relyefning suv havzalari mavjud bo'lsa,
tarqoq usuldagi rejaviy shakl qo'llaniladi. Oqova suv tarm og'i
shakllanishining um umiy krinishi (2.3-rasm)da keltirilgan.
39