Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У
Qurilash chizig'i bilan qizil chiziq oralig'ida kabeliar joylashtirilishi dunyoning
barcha
m amlakatlarida
qo'llaniladi.
Afsuski, bu usulni bizning m amlakatimiz shaharlarida qo'llashning
imkoniyati yo‘q. Chunki. O'zbekiston shaharlari quruq issiq iqlimli
m intaqada joylashganligi sababli shahar hududi sug'orish tarmoqlari
bilan ta’minlanishi talab qilinadi. Bunday ariqlar ham O'zbekiston
shaharlaridagi yuqorida ta ’kidlangan qurilish chizig'i bilan qizil
chiziq oralig'ida joylashtiriladi. Ariqdan zaminda poydo bo'ladigan
namlik va uning atrofidagi yashil daraxtzor hududda kabel
tarm oqlarini joylashtirishning imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababdan
O'zbekiston shaharlarida kabel tarm oqlari qizil chiziqdan boshlanib
piyodalar yurish yo'lakchasi tagida joylashtiriladi. Piyodalar yurish
yo'Iagini qish paytida muzlashdan ham da piyodalami toyib
ketishidan asrash maqsadida ushbu yo'lak tagida isitish tarm oqlari
joylashtiriladi. Piyodalar yo'laklam ing kengligiga qarab m e’yorlar
asosida undan so'ng
gaz quvuri yoki ichimlik suv quvuri
joylashtiriladi. Piyodalar yo'lagi yonidan esa shahar sug'orish
tarm og'i yoki atmosfera oqova suvlarini olib chiqib ketadigan
ariqlar joylashtiriladi. Ariqlaming ikki yonida 1 m etrdan 3
metrgacha bo'lgan masofada yashilzor yo'lak uchun joy qoldiriladi.
Shundan so'ng ko'chaning asosiy transport qatnovi qismigacha
bo'lgan masofada shahar ehtiyojini ta ’mirlovchi barcha turdagi yer
osti
injenerlik kommunikatsiyalari uchun maxsus texnik yo'lak
qoldiriladi. Texnik yo'lak tagida injenerlik kammunikatsiyalari
joylashganligi sababli, uning ustidan yashilzor yoki daraxtzor
maydon yo'lak ekishning imkoniyati bo'lmaydi.
Shahar ko'chasining asosiy transport qatnovi qismi tagida
injenerlik tarm oqlarini o 'm atish taqiqlanadi. Chunki, transport
qatnovi qismi tagida joylashgan kommunikatsiya tarm oqlarini
ta ’mirlash, vaqti-vaqti bilan ularda sodir etilgan talafotni bartaraf
qilishda ko'cha yo'l qoplamasi qayta-qayta kovlanish natijasida
ta ’mirlanib’ nafaqat trasport qatnoviga salbiy ta ’six ko'rsatadi, balki
shaham ing turm ush tarzini ham da ekologiyasining buzilishiga olib
keladi.
Shahar ko'chalarining eni unda joylashishi mumkin bo'lgan
yer osti injenerlik kommunikatsiyalarining soniga, ulam ing diam etri
va geometrik o'lcham lariga ham da QM Q -94 talablari asosida ular
orasidagi masofalaming yig'indisiga bog'liq bo'ladi. Shunda shahar
ko'chalarining um um iy eni 60 m etrdan 120—140—160 m etm i
tashkil etadi.
50