Yengil avtomobillar uchun tezkor yo'llarda hisobiy tezlik 120
km /s ni tashkil etadi.
Mahalliy turaijoylardan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor yo'llarga
kirish
mumkin emas. Buning uchun maxsus pandiuslardan foydalaniladi.
Turaijoy, tezkor yo'llardan maxsus ko‘kalamzor yordam ida kamida
50 m masofada himoyalanadi.
Tezkor yo'llarda harakat uzluksizligini ta ’minlash
uchun
shahar va mahalliy ahamiyatdagi ko'chalar bilan kesishmalar turli
sathlarda amalga oshiriladi. Turli sathlardagi kesishmalar ham o 'z
navbatida kamida har 800—1000 m oraliqda bo'lishi lozim.
Tezkor
yo'llarda piyodalar kesishmasi faqatgina turli sathlarda amalga
oshiriladi.
Tezkor yo'llarda transport harakatining tezligi o'rtacha 2
martaga ortadi, bitta harakat polosasining o'tkazish qobiliyati 2,5—3
martagacha ortib, o 'z navbatida baxtsiz
hodisalar soni keskin
karnayadi.
Tezkor yo'llarda egrilik radiusi 3000—5000 m bo'lib, 600 m
dan kam bo'lmasligi kerak.
Eng katta bo'ylam a qiyalik 4 %ni tashkil etishi lozim.
Rivojlangan mamlakatlarda tezkor shahar yo'llari asosan
estakada sifatida ko'tarilgan bo'lib, harakati to'liq
himoyalangan
maxsus inshootlarda amalga oshirilgan. Tezkor avtomobil yo'li
birinchi bo'lib AQShda, Nyu-York shahrining eksperimental
yo'Idosh shaharchasi bo'lmish Radbemda qo'llanilgan.
Dostları ilə paylaş: