va boshqa ko‘pgina shaharsozlik omillariga bog'liq. Brndan ko'rinadiki, sliahar bosh rejasini qurishda barcha turdagi transportlarning hisobiy harakat hajmini qaralayotgan aniq bir shaharga mos ravishda to'g'ri aniqlash muhim o'rin tutadi. Harakatning hisobiy hajmi o'z navbatida transport obyektlarini loyihalashda texnik parametrlami va sifatiy ko'rsatkichlami aniqlaydi. Transportning yangi talablari ko'cha harakatining so'nggi yillarda keskin oshishi munosabati bilan bosh rejani ishlashda eski uslublardan voz kechib, yangi progressiv uslublardan foydalanishni taqozo etadi (juda mayda kvartallardan voz kyechish, ko'cha-yo'l tarmog'i zichligini keskin oshib ketishiga yo'l qymaslik, chorrahalarni bir necha sathli qilib loyihalash va h.k.). Transport va shahaming loyihasi o'rtasidagi bog'liqlik masalasini yechishda ikkita o'ziga xos muammo paydo bo'ladi. Birinchisi — eski shaharlarda transport tizimining yangi ta' blaridan kelib chiqqan holda transport tugunlarining progressiiv usullaridan mos ravishdagi qayta shakllantirish evaziga foydalanish; Ikkinchisi — transport tizimining yangi talablariga mos ravishda hududni funksional zonalashtirish, yangicha transport tugunlari va magistraliar tizimini shakllantirgan holda, yangi shaharlar yoki tumanlami rejalashtirish. Amalda o'rta, katta va ayniqsa, ulkan shaharlarda bu ikki masala o'zaro uyg'unlashib ketadi. Shahar bosh rejasini ishlab chiqishda, odatda, eski shahami rekonstruksiya qilish va yangisini