garajlar&i, qolgan 25 % avtomobil esa ochiq turdagi avtomobillarni saqiash joylarida rejalashtiriladi. Masalan. yangi rejalashtirilayotgan 123
10 000 kishilik kichik mikrorayonda istiqbolli hisob-kitob bo'yicha 2500 ta avtomobil uchun joy rejalashtiriladi. Shundan 75 %i, ya’ni 1875 ta avtomobil garajlarda, qolgan 25 %i, ya’ni 625 ta avtomobilga ochiq avtomobillarni saqlash joylari rejalashtirilislii lozim. Agarda bitta avtomobilga ochiq maydondan 25 kv.m. joy ajratilishini inobatga olsak, qaralayotgan mikrorayonimizda 15625 kv.m.(1,56 ga) joy avtomobillarni ochiq turdagi saqlash joylari uchun ajratilishi lozim. O 'z navbatida bu maydon mikrorayon hududi bo'ylab, xizmat qilish radiusidan kelib chiqqan holda taqsimlanadi. Aholi, o'z shaxsiy avtomobili saqlanadigan garajalargacha uzog'i bilan 8—10 daqiqada borishi lozim, ya’ni piyodalar yo'li avtomobiligacha 800 m ni tashkil etadi (I—IV zonalar uchun bu masofa yuqori hisblanadi). Turarjoy binolaridan ochiq avtomobillar saqlash joyigacha esa 200m dan oshmasligi kerak. Bu talab shimoliy rayonlarda 150 m gacha belgilanadi. M e’yoriy xizmat radiusini saqlagan holda garaj va ochiq avtomobillar saqlash joylari sancat zonalari bilan sanitar- himoya zonalarida, temir yo'llarga ajratilgan hududlarda, relyefi keskin bo'lgan qurilish uchun noqulay maydonlarda joylashtirilishi mumkin. K o'p qavatli turarjoy tumanlarida ochiq avtomobillar saqlash joylari kamida 25—100 avtomobilga mo'ljallash taklif etiladi. Bunday maydonlarda quyosh nuridan saqlash uchun soyabonlar. atroflariga himoya uchun ko'kalamzorlar rejalashtiriladi. Shahar