ularning joylashtirilishini va m c’yorlanishini (ko'kalamzoilaniing miqdoriy ko'rsatkichlarini) belgilash zarur. Ko'kalamzorlar, ulaming maqsadli vazifalari, joylashuvi, o'lchamlari xizmat ko'rsatish kontingentiga bog'liq holda xilma- xildir. Hozir qabul qilingan mavjud tasniflarga ko'ra barcha ko'kalamzorlar uch guruhga bo'linadi: 1) umum foydalanadigan o'simliklar; 2) chegaralangan holda foydalaniladigan o'simliklar; 3) maxsus vazifani bajaruvchi o'simliklar. Aholi hech qanday cheklovlarsiz borib ko'rishi mumkin bo'lgan ekinlar umumiy foydalaniladigan ekinlarga kiradi; cheklangan hamda foydalaniladigan o'simliklarga alohida doiradagi kishilar borib ko'rishi mumkin bo'lgan ekinlar kiradi (masalan, sanoat korxonalari, maktabda-o'quvchilar, o'qituvchilar, kamroq 132
ota-onalar borib ko‘radigan); maxsus vazifani bajaruvchi ekinlar m a’lum bir vazifani bajaradi: suvni himoya qiluvchi, tuproqni himoya qiluvchi, qum va qor ko'chkilaridan himoya qiluvchi va b. Ko'kalamzorlaming har bir guruhi doirasida ularning aniq turlari ajratib olinadi. Amaliy ishda ikkita tasnif qo'llaniladi. L.B. Luns bo'yicha va shahar qurilishi bo'yicha loyihalovchi m a’lumotnomasi bo'yicha. Ko'kalamzorlashtirilgan hududlami funksional qismlarga bo ‘lishda uchta kategoriyaga bo ‘linadi: — umumiy foydalanish — shahar tashqarisidagi o'rm on-