Maxsus vazifa uchun mo ‘Ijallangan ko ‘kalamzorlar. Sanoat korxonalari va turarjoy binolari orasidagi sanitariya- himoya zararli ta’siridan saqlaydi. Shahar atrofi ko ‘kalamzorlari tizimi. Umumiy foydalanishga mo'ljallangan shahar atrofi ko'kalam zorlari. O ’rmon — shahar atrofidagi tabiiy ko'kalamzor massivlar. Ular bir turdagi daraxtlardan yoki har xil turdagi daraxtlardan tashkil topishi mumkin. O ’nnon-park — aholining tabiiy muhitda dam olishi uchun mo'ljallangan obodonlashtirilgan tabiiy ko'kalamzor massivlar. O'rmon-parklarda piyodalar yo'laklari, besedkalar, chaylalar, o'rindiqlar o'matilgan dam olish joylari, savdo, ovqatlanish joylari, o'yin maydonchalari, gulxan yoqib dam olish uchun maydonlar joylashtiriladi. U yerda pansionatlar, mehmonxonalar, sport, sayohat maskanlari loyihalanadi. O'rmon tozalab turiladi, manzarali joylar, chiroyli ko'rish nuqtalari yaratiladi. Hayvon va qushlar yashashi uchun sharoitlar yaratiladi. 137
Milliy bolar — aynan bir hududga xos bo'lgan landshaft spetsifikasi va o'simlik shakllarining o'ziga xos xususiyatiga ega bo'lgan hududlar. Milliy bog'lar kam uchraydigan va yo‘qolib borayotgan o ‘simliklami saqlash uchun yaratiladi. Alohida tabiat yodgorliklari — noyob, qimmatli suv va o'simlik obyektlari bo'lgan landshaftlar hududi bo'lib davlat tomonidan himoya qilinadi. Bu hududlarga kelish qat’iy tomosha qilish qoidalariga asosan amalga oshiriladi.