Образование наука и инновационные идеи в мире


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 26,62 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü26,62 Kb.
#204126
1   2   3
16-18

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ





2181-3187

o‘quvchilar o‘zlarida hosil bo‘lgan hamma savollarga javob oladilar asosiy savolni hal qilishadi. Shu bilan birga, ularning barchasi laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda jamoaviy tadqiqotlar shaklida aniq tadqiqot ishlarini bajaradilar.


Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari tashkil etishdan oldingi darsda o‘quvchilarga keyingi darsdagi tadqiqotining maqsad va vazifalarini tushuntirib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Kelgusi ishni rejalashtirish tadqiqotning juda muhim tarkibiy qismi bo’lib, yakuniy natijaning muvaffaqiyatli chiqishida ko’p jihatdan bog’liqdir [2]. Nima o’rganilishi, qayerda va qanday tashkil etilishi, qanday kuzatishlar yoki eksperimentlar o’tkazilishi, ma’lumotlar aniq bo’lishi uchun ularning qanchasini o’tkazish kerakligini batafsil aks ettiruvchi tadqiqot rejasini tuzish kerak[6]. Keyin tadqiqot rejalashtirilgan hudud tahlili o’tkaziladi, asosiy biotoplar tanlanadi, ularning geobotanik va boshqa tavsiflari beriladi. Tadqiqot uchun ishlatilishi rejalashtirilgan jihozlar oldindan tayyorligiga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim bo’ladi. Shu bilan birga, o’quvchilar tadqiqot ishlarini yozib, qayd qilib borishlari ham muhimdir.
Tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur jihozlar bilan bir qatorda yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlik va bilim talab etiladi. Shu bois o‘quvchilarni xorijiy va mahalliy adabiyotlardagi shu tadqiqotga doir ma’lumotlar bilan tanishtirish, hamda adabiyotlar bilan ishlashni o‘rgatish masalasiga katta e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Amaliy mashg'ulotlarda kompyuter sinflarida ishlash va ulardan foydalanish ham tadqiqot ishlarini samarali o'tishiga xizmat qiladi [6]. Masalan “Urug‘ning unib chiqishi” mavzusida undirilgan loviya urug‘laridan foydalanib labaratoriya darsini olib bordik. Bu jarayonni biz multimediyadan foydalanib urug‘larning unib chiqish jarayonini ko‘rsatganimizda natija samarali bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
Navbatdagi muhim vazifa mavzu bo'yicha dala tadqiqotlari yoki tajribalar o'tkazishdir. Olingan barcha natijalarni dala kundaligida o'z vaqtida va diqqat bilan qayd etish muhimdir. Kuzatish sanasi, vaqti va joyi ko'rsatilishi kerak. Barcha tadqiqotlar tanlangan metodologiyaga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Tabiiy muhitda tadqiqotlarni tashkil etishning ayrim xususiyatlari mavjud. Tabiiy muhitda tadqiqot olib borishda o‘quvchilar tabiatda ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari kerak [3]. Tajriba natijalarini ya’ni sanasi, vaqti va shunga o‘xshash muhim malumotlarni dala kundaligiga yozib olshlari kerak.


Yüklə 26,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin