Bosma qurilmalari - qattiq tarqatuvchiga (qog`oz, plenka, mato va h.z.) tasvirlarni chiqarishni ta`minlaydi. Bularga printer va grafik plotterlar kiradi. Printer tasvirni qatorlab hosil qiladi, qog`oz yoki boshqa tarqatuvchi bosish kallagi ostida ketma-ket tortiladi. Bosish kallagi tasvirning shartli qatorini aks ettiradi.
Hozir zamon barcha printerlari tasvirni alohida nuqtalardan hosil qiladi. Har bir bosiladigan simvol alohida nuqtalar to`plamidan aniqlangandek tasvirni hosil qiladi. Tasvirlash nuqtalarini hosil qilish printsipi turli turdagi printerlarda ajralib turadi. Kichik yaxlit yuzadagi nuqtalarning o`lcham va zichligi turlichadir. Nuqta o`lchami qancha kichik bo`lsa, zichligi shuncha katta bo`ladi va tasvir aniq ko`rinadi. Nuqtalar zichligi dpi da o`lchanadi (dots per inch) - tasvirning 1 kvadrat dyuymdagi nuqtalar soni). dpi- ko`rsatkichi qancha baland bo`lsa, printer mos ravishda ko`p imkoniyatli hisoblanadi.
Bosma usuli bo`yicha printerlar purkovichli, lazerli, zarbli, termik va mahsusga bo`linadi. Printerlari sistemali blokka parallel port yoki USB shinasi orqali ulanadi.
Purkovichli printerlar tasvirlash nuqtalarini maxsus siyohlarni qog`ozga mikroskopik tomchilar ko`rinishda sachratib hosil qiladi. Har bir tomchi tasvirning bir nuqtasi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtdagi barcha purkovichli printerlar rangli bosish funktsiyasini qo`llab quvvatlaydi. Rangli purkovich printerlari tasvir nuqtalarini hosil qilishda bir nuqtaga bir necha tomchi tayanch ranglarini sachratadi. Tayanch ranglar qo`shilishidan kerakli hosila rang olinadi. Aslida uchta tayanch ranglari etarli (qizil, yashil, ko`k yoki ularning tuslari) - ixtiyoriy hosila rangni yaratishga.
Oddiy va ancha arzon printerlar ranglarni aynan shu uch tayanch ranglardan hosil qilishadi. Mukammal modellarda esa tayanch ranglarining katta miqdori ishlatiladi. Misol uchun, tayanch ranglaridan tashqari qora rang ham ishlatiladi. Oqqora bosmaga moslangan oddiy modellarda qora siyohli katridj ishlatiladi, rangli bosish uchun ularni katridjini almashtirish zarur (qora rang bosmada gryazno-seriy bo`ladi).
Ancha mukammal modellarda bir vaqtda ikkita katridj ishlatiladi: biri qora bo`yoq bilan va boshqasi tayanch ranglardagi bo`yoqlar bilan. Undanda afzalroq modellarda ikkitadan ham ko`proq katridjlardan (bosmakallagidan) foydalaniladi.
Rangli tasvirlarni rangli printerlarda sifatli tarzda chiqarish uchun maxsus qimmat qog`ozlar ishlatilishi kerak. Hozirning o`zida bunday maxsus qog`ozlarga bosish sifati fotografiya sifatiga yaqin.
Purkovichli printerlar yutug`i sifatida ularning bahosi baland emasligi va rangli bosib chiqarishni ta`minlashini aytish mumkin. Kamchiligi esa ularda sarflash materiallari (katridj, maxsus qog`oz) qimmatligidir.
Lazer printerlari tasvir nuqtalarini lazer qizishi yoki svetodiodlar chizg`ichidagi maxsus poroshok-tyuner kukuni qizishidan hosil bo`ladi.
Tasvir nuqtasi chiqarilganda, lazer ulanadi (yoqiladi), toner qiziydi va qizdirilgan toner kukuni qog`ozga bosiladi. Texnik tomondan ular purkovichli printerlardan ancha murakkab qurilma hisoblanadi.
Ko`pchilik bunday printerlar ancha quvvatli o`zining protsessori va xotirasiga ega(15-ris).
Lazer printerining yutuqlari: aks ettiruvchi elementlarda tashkil bo`luvchi tasvir va tekstlarni tezlikda bosib chiqarish; hatto oddiy qog`ozda sifatli bosib chiqarish; purkovichli printerga nisbatan uncha qimmat bo`lmagan sarf materiallari. Asosiy kamchiligi narxi baland.
Komp`yuterlarga printerlar ham parallel, ham ketma-ket portlar orqali ulanishi mumkin.
Parallel portlar Centronics tipidagi adapterlar orqali parallel ishlovchi (ma`lumotni birdaniga baytlab qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun (odatda bir vaqtning o`zida 3tagacha printerni ulashi mumkin) ishlatiladi.
Zarbli printerlar pechat golovkasidagi ingichka sterjenni chiqarib nuqtalar hosil qiladi. U bo`yoqli lentaga zarb berib, qog`ozi uning belgisini qoldiradi. Bu eng eski printerlar turi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ular faqat maxsus maqsadda (kassa apparati chekini bosish, bankomat va hokazo larda) ishlatiladi.
Matritsali printerlarda tasvir nuqtalari o`lchami purkovich va lazerlidagiga nisbatan ko`p. SHu sababli, sifati pastroq. Sarf materiallari narxi arzonligi - asosiy yutug`i.
Termik printerlar bo`yash qizishidan foydalanadi va qog`ozga suyuq yoki gazlashtirilgan shaklda uni o`tkazadi Bo`yash sovuganda qog`ozda qotadi va tasvir hosil qiladi. Termik printerlar yuqori sifatli rangli tasvirlarni, fotografiya miqyosida bosib chiqarish imkonini beradi.
Mahsus printerlar turli texnik qurilmalarning qismi hisoblanadi va faqat qog`ozga emas, balki boshqa tarqatuvchilarga: karton, mato, metall va boshqalarga mo`ljallangan.