avtomatika vositasining rivojlanish tendensiyalari
CD (Compact Disk) ROM- qayta yozishga mo`ljallanmagan lazer optik diskni tashkil etadi. CD quyidagi xarakteristikalarga ega. Diametri 4.72 dyuym va qalinligi 0.05dyuymli plastik diskdan iborat, markazida diametri 0.6 dyuymli teshikcha bor. YUzasi ikki qatlamdan iborat. Bu disklarga ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan oldindan ma`lumot (xususan programma ta`minoti) yoziladi.
Ularga mazkur ma`lumotni yozish laboratoriya sharoitida kuchli quvvatli lazer nuri bilan amalga oshiriladi. Bunda lazer nuri CD ning aktiv qatlamiga izlar joylashgan, bu izlar mikroskopik chuqurchali yo`lka qoldiradi. Natijada birlamchi "tayanch-disk" yaratiladi. CD ROMning ommaviy ko`paytirish jarayoni esa "tayanch-disk" bo`yicha bosim ostida qo`yish yo`li bilan amalga oshiriladi.
10-rasm. Almashinuvchi kompakt disklar tashuvchisi.
CDdagi yo`lka spiral ko`rinishga ega va juda tordir. CHuqurcha qalinligi dyuymning 5mlrdan bir ulushi o`lchamida bo`lib, bir dyuymga 1600ta yo`lka joylashtirilgan. Butun bir spiral uzunligi 5kmdan ortiq.
PKning optik diskovodida yo`laklardagi ma`lumot nisbatan kam quvvatli lazer nuri bilan o`qiladi. Lazer nuri disk yo`lkasida fokuslanadi va aktiv qatlamdan qaytadi: agar u erda chuqurcha bor bo`lsa, nurning qaytish burchagi o`zgaradi va qaytgan nur fotodiodga tushmaydi.
CD-ROM ma`lumotini o`ta yuqori zichlikda 250Mbaytdan 1,5 Gbaytga sig`imga joylashtiradi. Standart holda 650 Mbayt hisoblanadi. Murojaat qilish vaqti turli optik disklarda 50 dan 350msgacha tebranadi, ma`lumotlarni o`qish tezligi 150 dan 3000 Kbayt/s gacha.
CD-ROM ning zamonaviy modellari musiqa yozuvlarini ham unchalik yomon bo`lmagan sifat bilan aks ettirish imkonini beradi: mazkur imkoniyatlarni ta`minlash uchun PK ga mos drayverlar o`rnatish kerak (MS DOS uchun maxsus rezident programma ISR – utiliti, Windowsda esa CD AUDIO drayverlari) bo`ladi. Tovushni tashqi akustik sistema orqali eshitish uchun tovush xaritasini (audioblaster) kuchaytirish lozim.
Bir martta (CD-R-CD Recordable) va ko`p martta (CD-E-CD Erasable) qayta yozish optik disklari 1995 yildan beri ishlatilmoqda.
Bu CD larda yozish jarayoni quyidagicha bajariladi. Lazer nuri disk yuzasidagi himoya qatlami ostidagi mikroskopik chuqurchalarni kuydirish hisobiga yuz beradi. Ma`lumotlarni o`qish esa CD-ROM dagi kabi yuz beradi. CD-E diskovodlari oddiy
CD-ROMlarni ham o`qish qobiliyatiga ega. Bir marta yoziladigan optik disklar CDR deb, ko`p martta yoziladigan optik disklar - CD-RW deb yuritiladi.
Raqamli DVD videodisklari
Tashqi eslab qolish qurilmalari texnikasidagi xaqiqiy burilishni, birinchi marta 1996 yilda paydo bo`lgan va o`lchamlari oddiy CD-ROM niki kabi bo`lgan yangi raqamli videodisklar yaratadi, ularning sig`imi hozirdayoq 17 Gbaytgacha etadi va nafaqat DVD-ROM, balki DVD-RAM ni ham ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
CD-ROM da qiymatlarni yozishni zichlashtirishga o`qiydigan nur diametrini ikki marta kamaytirish orqali erishilgan, bunda yo`lakdagi qo`shni nuqtalar orasida masofa kamayadi va yo`laklar soni ortadi. YOzishni zichlashdan tashqari ikki qatlamli va ikki tomonlama yozish ishlatila boshalandi. SHunday texnologiya bo`yicha tayyorlangan disklar raqamli DVD-ROM videodisklari deb ataladi(11rasm).
Bugungi kunda o`z ichiga to`rtta DVD-ROM tipini olgan standart mavjuddir:
DVD5 – sig`imi 4,7 Gbayt; bu bir qavatli yoziladigan bir tomonlama disk (bir tomonlama CD-ROM ga o`xshash, lekin yozuvi zichlashtirilgan);
DVD9 – sig`imi 8,5 Gbayt; bu bir qavatli yoziladigan bir tomonlama disk; yuqori qavatli lazer nuri uchun yarim shaffof – pastki qavatidan o`qish birinchisidan to`lqin uzunligi bilan farq qiladigan ikkinchi lazer bilan bajariladi;
11-rasm. DVD-ROM ko`rinishi.
DVD10 – sig`imi 9,4Gbayt; bu bir qavatli yoziladigan ikki tomonlama disk;
DVD18 – sig`imi 17Gbayt; bu ikki qavatli yoziladigan ikki tomonlama disk.
Ularda eng yuqori o`qish tezligi hozirgacha 1400 Kbayt/s dan oshmaydi.
Tayyor mahsulot sifatida hozir faqat bir tomonlama o`qiydigan diskovodlar chiqarilmoqda, DVD10 va DVD18 disklarini ishlatganda ularni qo`lda teskarisiga aylantirishga to`g`ri keladi.
Qayta yoziladigan disklarga kelsak (DVD – RAM va DVD - R), ularning 2,6 – 9,4 Gbayt sig`imli birinchi modellari bozorda 1997 yil oxirida paydo bo`ldi. ODY larning asosiy afzalliklari: yig`uvchilarning almashinishi va ixchamligi;
katta ma`lumot sig`imi;
CD va o`qish–yozish kallaklarining yuqori ishonchliligi va ko`pga chidamliligi (50 yil);
Kirlanishlarga va silkinishlar ta`sirsizligi (MDY larga nisbatan); elektromagnit maydonlarga ta`sirsizligi.
ODY lar uchun asosiy lokal interfeyslar sifatida EIDE va SCSI interfeyslari xizmat qiladi.