Ochiq urug`lilar bo`limi haqida umumiy ma'lumot



Yüklə 62,14 Kb.
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü62,14 Kb.
#200673
  1   2   3   4   5   6   7   8
1363359352 42261


OCHIQ URUG`LILAR BO`LIMI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Ochiq urug`lilarning xarakterli belgisi shuki, ular urug` hosil qilib, shu urug`lari yordami bilan ko`payadi. Urug`lar shaklan o`zgarishga uchragan makrosporangiydan iborat bo`lgan “urug`kurtak”dan paydo bo`ladi. Urug`kurtak va shunga yarasha urug` to`g`ridan-to`g`ri sporofillarda joylashadi, ularning shu tariqa ochiq holda joylashishi — ochiq urug`lilarning ikkinchi xarakterli xususiyatidir.
Ochiq urug`lilar uchta sinfga bo`linadi. 1. Sagovniklar (Cycadophyta) — makrofilliya bilan xarakterlanadi. Bu sinf quyidagi tartiblarga bo`linadi: urug`li qirqquloqlar (Pteridospermae), sagovniklar (Cycadales), bennettitlar (Bennettitales). 2. Qubbalilar sinfi (Coniferophyta) — mikrofilliya bilan ajralib turadi. Tartiblari: kordaitlar (Cordaitales), ginkgolar (Ginkgoales), ninabarglilar (Coniferales). 3. Qoplag`ich urug`lilar (Chlamydospermatophyta) — urug`lari maxsus pardaga o`ralgan. Tartiblari: efedralar (Ephedrales), gnetumlar (Gnetales), velvichiyalar (Welwitschiales yoki Tumboales).
Urug`li qirqquloqlar paleozoy erasida keng tarqalgan bo`lib, hozir qazilma holdagina uchraydigan o`simliklardir. Ular o`zining tashqi ko`rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o`xshash, lekin har xil sporali bo`lib, urug` yordamida ko`payishi bilan ulardan farq kilgan. Urug`li qirqquloqlarga Lyginopteris oldhamia misol bo`la oladi. Uning pastga qayrilgan, kalta-kalta tikanlar bilan qoplangan uzun, ammo ingichka poyasi bo`lgan. Bu hol Lyginopterisni tayanch bo`la oladigan boshqa daraxtlarga o`sha tikanlari bilan yopishib, chirmashib o`sadigan o`simlik bo`lgan, deb, hisoblashga asos bo`ladi. Uning poyasida qo`sh patsimon yirik-yirik murakkab barglar bo`lib, ularning asosiy bandlari, ko`pincha dixotomik shoxlangan. Lyginopteris poyasining to`zilishi ancha murakkab. Poya o`zak qismining juda rivojlangan bo`lishi va kambiy halqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi ochiq urug`lilardagiga o`xshash, traxeidlardan tuzilgan, po`stlog`n ancha qalin bo`lgan. Lyginopteris mikro- va makrosporalar hosil qilgan. Mikrosporofillari (Crossotheca deb yuritiladi) vegetativ barglari singari, patsimon bo`lsa ham, ayrim yaproqchalari tuklarga aylangan bo`lib, shu tuklarda bir talay mikrosporalar bilan to`lgan ikki uyali 6-7 ta cho`ziq mikrosporangiylari bo`lgan. Bu o`rindagi mikrosporangiylar urug`kurtaklarga o`xshaydi. Urug`kurtak murakkab tuzilgan bo`lib, hozirgi sagovniklarning urug`kurtagiga o`xshagan. Urug`kurtak bezsimon tuklar bilan qoplangan maxsus “plyuska”ga o`ralib turgan. Urug`kurtakning markazida esa yirik makrospora joylashgan.

Yüklə 62,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin