Страница | 124
Bo’g’imning asosiy elementiga bo’g’im
yuzasini qoplab turuvchi bo’g’im tog’ayi;
bo’g’im kapsulasi va bo’g’im bo’shlig’i kiradi.
Bo’g’im tog’ayi, cartilago articulares, ko’p
hollarda gialin tog’ayidan, kam hollarda esa
tolali briktiruvchi to’qimadan tuzulgan. Bu
tog’aylar o’zaro bo’g’im hosil qiluvchi
suyaklarning
bir-biriga
qaragan
yuzasini
qoplab turadi. Tog’ayning
bir tomoni mos
ravishda suyakka yopishgan, ikkinchi tomoni
esa bo’g’im bo’shlig’ida erkin turadi.
Bo’g’im kapsulasi,
capsula articularis,
berk
g’ilofdan tashkil topgan bo’lib, bo’g’im
yuzasiga yopishmasdan suyakusti pardasiga
davom etib ketadi.
Kapsula tolali brikturuvchi
to’q’imadan tuzulgan bo’lib ikkita qavat –
membranadan tashkil topadi. Tashqi fibroz
membrana,
membrana
fibrosa
(stratum
fibrosum), zich tolali brikturuvchi to’qimadan
tuzulgan va mexanik vazifani bajaradi. Uning
ichki qismida sinovial membrana,
membrana
synovisles,
joylashadi. Bu memrana bo’g’im
ichiga sinovial suyuqlik (sinoviya)
synovia
,
ajiratib chiqaradi
va bu suyuqlik suyaklarni
bo’g’im yuzalarini namlab turuvchi, bo’g’im
tog’ayini oziqlantiruvchi, amartizator hamda
o’zining yopishqoqligini o’zgarishi
bilan
bo’g’im
harakatchanligini
o’zgartirish
vazifalarini bajaradi. Membranani bog’im
bo’shlig’iga qaragan ishchi yuzasi nafaqat
sinovial burmalar tufayli, balkim unda
joylashgan
sinovial
vorsinkalar,
vilii
synoviales,
hisobiga ham o’z yuzasini
kengaytiradi.
Bo’g’im bo’shlig’i,
cavitas articularis
, - tor,
berk, bo’g’im hosil qiluvchi suyak yuzalari va
bo’g’im kapsulasi bilan chegaralangan hamda
sinovial suyuqlik bilan to’lgan yoriqdir.
Bo’shliq atmosfera bilan tutashmagan bo’ladi.
Bo’g’imning yordamchi hosilalari turli-
tumandir.
Ularga
boylamlar,
Dostları ilə paylaş: