120. Burun bo’shlig’i va ko’z kosasining skleti; orqadan ko’rinishi. (Yanoq suyagining chakka o’sig’ini asosidan o’tkazilgan frontal kesma.) g
landulae – g’altak chuqurchasi,
fovea trochlearis, va g’altak qiltanog’i,
spina trochlearis, joylashgan.
Kosaning lateral devori, paries lateralis
orbitae, orqa qismi ponasimon suyak katta
qanotining ko’z yuzasidan, oldinda esa – yanoq
suyagining ko’z kosasi yuzasidan tashkil
topgan. Bu suyaklar orasidan ponasimon-yanoq
choki,
sutura sphenozygomatica, o’tadi.
Yuqorigi va yon devor bir biridan ponasimon
suyakning katta va kichik qonotlari orasida
joylashgan yuqorigi ko’z yorig’i,
fissura orbitalis superior, bilan ajiralib turadi. Yanoq
suyagining ko’z kosasi yuzasida yanoqko’z
teshigi,
foramen zygomaticoorbitale, joylashgan.
Kosaning pastki devori, paries inferior orbitae,
asosan yuqorigi jag’ning ko’z kosasi yuzasidan,
hamda yanoq suyagining kosa yuzasining bir
qismi va tanglay suyagining ko’zkosasi
o’simtasidan tashkil topgan. Katta qanot ko’z
yuzasining pasrki qirg’og’i va yuqorigi jag’
ko’z yuzasining orqa qirg’og’i olding orasida
pastki ko’z yorig’i,
fissura orbitalis inferior, joylashgan.
Страница | 67
121. Burun bo’shlig’i va ko’z kosasining skleti; pastdan ko’rinishi. (Ko’z kosasiga kirish qismining o’rtasigan o’tkazilgan gorizontal kesim) 122. Burun bo’shlig’ining skleti; yuqoridan ko’rinishi. (Burun bo’shlig’ining pastki