Odam genetikasi



Yüklə 146,32 Kb.
səhifə1/6
tarix27.06.2022
ölçüsü146,32 Kb.
#62384
  1   2   3   4   5   6
Odam genetikasi


Mavzu: Odam rivojlanishining genetik dasturi
Odam genetikasi insoniyat uchun amaliy jihatdan g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lgani uchun so'nggi yillarda unga qiziqish ayniqsa, ortdi. Hozirgi vaqtda odamda 4000 ga yaqin normal va patologik belgilarning nasldan-naslga o'tib borishi bir qadar o'rganib chiqilgan. Irsiy omillarga bog'liq kasalliklar borligi aniqlangan. Ana shu kasalliklarni to'g'ri aniqlash, ularga yo'l qo'ymaslik va da-volash muhimdir. Odamni genetik yo'l bilan tekshirish usullari ishlab chiqil-ganidan keyin ana shu muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritish mumkin bo'ldi.

Odam irsiyatini o'rganish usullari. Odam irsiyatini o'rganish anchagina qiyinchiliklar tug'diradi. Ma'lumki, eksperimental genetika usullarini odamga tatbiq etib bo'lmaydi. Odam sekinlik bilan rivojlanib, ancha keen balog'atga etadi. Bir oilaning ko'radigan farzandlari soni nisbatan kam bo'ladi. Sunday hollar odam irsiyatini o'rganishga qiyinchilik tug'diradi. Odam genetikasini o'rganishda quyidagi asosiy: geneologik, egizaklar, sitogenetik, biokimyoviy, populyatsion, ontogenetik usullardan foydalaniladi.
Endi bu usullarning ta'rifiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Geneologik usul mumkin qadar ko'proq odamlarning nasl-nasabini o'rganib chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko'pgina belgi-lari, jumladan irsiy kasalliklarining nasldan-naslga o'tib borishini aniqlash mumkin bo'ladi. Odamning Mendel qonunlariga muvofiq nasldan- naslga o'tib boradigan belgilaridan bir nechtasi quyida misol tariqasida keltirildi.
Odamdagi qobiliyat, ist'edod va boshqa fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog'liq ekanligi geneologik usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo'lgan iste'dod va qobiliyatlar.
Ma'lumki, odamning genotipiga bog'liq bo'lgan u yoki bu ruhiy xusu-siyatlari, jumladan, iste'dodning yuzaga chiqishi ijtimoiy muhitga bog'liq.



Belgilar

Dominantlar

Resessivlar

Jingalak (geterazigotalardataram-taram) soch Sochning erta to'kilishi Malla bo'lmagan soch Qo'yko'z Sepkillar Pakanalik Polidaktiliya (ortiqcha barmoqlar bo'lishi)

To'g'ri soch Normal Malla soch Ko'k yoki kulrang ko'z Sepkillar bo'lmasligi Normal bo'y Barmoqlar sonining normal

bo'lishi

Ko'pgina kasalliklar resessiv holda nasldan-naslga o'tishi geneologik usul yordamida aniqlangan. Jumladan: qandli diabet, tug'ma karlik, gemofiliya, shizofreniya (og'ir ruhiy kasallik)ning ba'zi formalari.
Faqat resessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan belgilana-digan irsiy kasalliklarni braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlik, ko'z shox pardasi-ning ko'rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi, sil kasalligiga moyillik kabi-lar ham geneologik usul yordamida nasldan-naslga o'tishi aniqlab chiqilgan.
Egizaklar usuli belgilarining egizaklarda rivojlanib borishini o'rganishdan iborat. Ma'lumki, odamda egizaklar ikki xil bo'ladi. Ba'zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan-kam hollarda uchta va hatto to'rtta) tuxum hujayra urug'lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biri-ga nihoyatda o'xshash bo'ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xildagi genotipgaegadir, ular o'rtasidagi tavofutlar esa faqat muhit ta'siriga bog'liq bo'ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklarda egizakmas aka-uka yoki opa-singillardek bir-biriga o'xshash bir xil yoki har xil jinsli bo'ladi.

Yüklə 146,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin