Odam genetikasi



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/140
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#209269
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140
Odam genetikasi S- Fayzullayv Tosh- 2018

9.9. 
Bolalar autizmi. 
Bola ruhiyatining rivojlanishi ruhiy funk- 
siyalari va shaxsiyatining kamol topib, yetilib borishidan iborat mu- 
rakkab jarayondir: bu irsiy biologik va ijtimoiy omillar (ta’lim-tarbiya,
4. 
Alstrema sindromi
bolaning 
bir yoshlaridan boshlanib 7 yoshla- 
rida to‘liq ko‘rlikka olib keladi (32- 
rasm).
Bu 
kasallikning 
boshlani- 
shini 
ko‘z 
to‘r 
pardasining 
yallig‘lanishidan va bolaning yo- 
rug‘likdan qo‘rqishiga qarab aniq- 
lasa boiadi. Bunday bolalarda ko‘z- 
ning xiralashuvi karlik bilan birga 
kechadi. Bolada semirish holatlari ku-
162


atrof-muhit)ga bog‘liq bo‘lib, shular ta’sirida o‘tadi. Bolalikning har 
bir davri o‘ziga xos anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlar bilan 
belgilanadi. Ayni vaqtda bolada yangidan-yangi sotsial ehtiyojlar va 
atrofdagi muhitga nisbatan muayyan xildagi munosabatlar paydo 
b o ia boshlaydi.
Bolalar autizmida bolani o‘rab turgan olamga va atrofidagi odam- 
larga bo‘lgan munosabatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Bolalarda autizm 
birmuncha ko‘proq uchraydi (10 000 chaqaloqdan 20-25 ga yaqini). 
Ushbu kasallik o‘g ‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan 4-4,5 marta 
ko‘proqdir. Autizm belgilarini bolaning chaqaloqlik davridan sezsa 
boiadi. Bola rivojlanishining birinchi oylarida onasiga va yaqinlariga 
nisbatan hosil boiadigan his-tuyg‘ular, emotsional holatlar sustligi 
kuzatiladi. Yoshi kattalashgan sari atrofdagilar bilan muloqoti ka- 
mayadi, bola «o‘z ichiga kirib ketadi» va uni o‘rab turgan olamga va 
atrofidagi odamlarga boigan munosabati o‘zgaradi. Bola suhbatlarda 
ishtirok etmaydi, savollarga javob bermaydi. Emotsional holati sust 
boiadi. Ularda ruhiy tushkunlik, g‘amginlik yoki cho‘kkan kayfiyat, 
jismoniy va ruhiy aktivlikning pasayishi kuzatiladi. Lekin tovushga
yorugiikka va boshqa tashqi ta’sirlarga sezuvchanligi ortadi va besa- 
bab xavotirlanish ustun turadi.
Bu kasallikning kelib chiqishiga boshmiyaning rivojlanish davri- 
dagi shikastlanishi deb qaraladi. Ko‘pincha katta yarim sharlardagi 
po‘stloq qismi bilan po‘stloq osti sohasidagi mediobazal qismlari 
o‘rtasidagi bogianishlaming uzilishi, katta yarim sharlar orasidagi 
o‘zaro bogianishlar, miyachadagi chuvalchangsimon o‘simtaning 
ayrim sohalarini gipoplaziyasi sabab deb hisoblanadi. Bu kasal­
likning kelib chiqish sabablari hali to iiq o ‘rganilgan emas. Ba’zan 
psixogen faktorlar natijasi yoki ayrim og‘ir kasalliklar (serebral para- 
lich, alaliya, ochiq rinolaliya, duduqlanishning og‘ir ko‘rinishlari) sa­
bab qilib ko‘rsatiladi. Oxirgi tekshirishlarga ko‘ra autizmning kelib 
chiqishi shartli ravishda irsiyatga ham bogiiqligi aniqlangan. Chunki 
bolalar autizmi ko‘p hollarda xromosom va gen kasalliklar (fenilke- 
tonuriya, tuberozniy skleroz, neyrofibromatoz va boshqalar) bilan 
og‘rigan bemorlarda kuzatilmoqda.
163



Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin