Gomozigot
- mazkur belgilari jihatidan bir xil bo‘lgan ikkita ga-
metaning bir-biriga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan bunyodga
keluvchi organizm.
Gomologik xrom osom alar
(gomologlar) -
bir xildagi lokuslarda
allel genlar tutadigan juft xromosomalar.
Guanin
(G) - nuklein kislotalar tarkibiga kiradigan purin asosi (2
amino 6 oksipurin S5N5N50 ).
Daktiloskopiya
(grekcha daktylos - barmoq, skopeo - qarayman) -
barmoqlaming yostiqchalaridagi teri chiziqlari hosil qilgan tasvimi
o‘rganish.
Daltonizm
- b a’zi ranglami (qizil, yashil va boshqa) tug‘ma farq
qila olmaslik, X-xromosomaning nogomologik qismi bilan tutashgan
retsessiv gen tufayli paydo bo‘ladi, ingliz fizigi Dalton (1766-1844-yy.)
shu kasallik bilan kasallangan uning nomiga qo‘yilgan.
Darvinizm
- Ch.Darvin (1809-1882-yy.) tomonidan uning «Tabi-
iy tanlash yo‘li bilan turlaming kelib chiqishi»
asarida ilk bor bayon
etilgan tirik tabiatning tarixiy rivojlanish qonuniyati (evolyutsiya)
haqidagi materialistik ta’limot.
Dostları ilə paylaş: