Odam genetikasi


Genlarning o'zaro epistaz ta'siri



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#36611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13 Odam genetikasi

Genlarning o'zaro epistaz ta'siri: Fenotipdabir dominant genning allel bo'lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishi epistaz deb ataladi. Bu qonuniyatning mohiyatini tovuq zotlarida pat rangining irsiylanishi misolida ko'rib chiqaylik. Patlari oq rangdagi ikkita tovuq zotlarining fenotipi bir xil bo'lsaham, ularning bu belgi bo'yicha genotiplari har xilligi aniqlandi.Buni tekshirish uchun har ikkalasi ham oq patli tovuq zotlari chatishtirildi. F, da hamma duragaylarning pati oq rangli chiqdi. F, duragay avlodidagi xo'roz va tovuqlarni o'zaro chatishtirib olingan ikkinchi avlodda patning rangi bo'yicha ikkita fenoti pik guruhga ajralish kuzatildi. Ularning 13/16 qismi oq patli, 3/16 qismi esa qora patli tovuq-xo'rozlar ekanligi aniqlandi.

Shunday qilib, ikkita oq patli tovuq zotlarini chatishtirib olingan dura­gaylarning ikkinchi avlodida yangi belgi (patning qora bo'lishi)ga ega bo'lgan organizmlar paydo bo'ldi.

Endi tovuqlardagi pat rangining bunday tarzda irsiylanib F2 da xilma-xil ajralish kuzatilishining genoti pik asoslari bilan tanishaylik.Tovuq zotlarida ПСС, IICC, liCc, iicc, Ilcc, lice genotiplar patning oq bo'lishini ta'minlaydi. iiCC, iiCc genotiplar esa patning qorabo'lishini ta'min etadi. Tovuq zotlarida patning oq-qora bo'lishi ikki juft allel bo'lmagan genlarga bog'liq. Ularning birinchi jufti Cc genidir. Bu genning dominant alleli (CC) va (Cc) holatda patning qora bo'lishini ta'minlaydi. Bu genning (cc) holati patning oq bo'lishiga zamin yaratadi. Unga allel bo'lmagan ikkinchi juft gen I-i esa, C-c genning faoliyatini boshqaradi. Bu gen ingibitor gen deb ataladi va II, П holatlarida patga rang beruvchi (C) genining faoliyatini to'xtatadi. NatrjadaC geni genotipda bo'lsa ham, patning qora bo'lishini fenotipda namoyon eta olmaydi va pat rangi oqligicha qoladi. Shunday qilib, allel bo'lmagan genlarning o'zaro epistaz ta'siridagi irsiylanish jarayonida ham du-ragay avlodlarda, ota-ona organizmida bo'lmagan yangi belgilar paydo bo'ladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin