^ 8-rasm. Suyakning
tuzilishi:
1- suyak usti pardasi; 2-¬ustki qattiq plastinkasimon qavat; 3- ichki g'ovak qavat;
4- ilik bo'shlig'i
Suyaklarning yoshga bog'liq xususiyatlari
|
Suyaklar odamning yoshiga qarab o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola tug'ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko'p qismi tog'aydan iborat bo'ladi. Shuning uehun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egiluvehan xususiyatga ega. Bula o'sgan sari suyaklarning tog'ay qismi suyakka aylana boradi. Bu jarayon odam skeletining turli qismlarida har xii keehadi.
Yangi tug'ilgan bolalarda bosh suyagi o'zaro birikmagan bir neehta suyakdan iborat bo'ladi. Shuning uehun bosh suyagining qopqog'ida, ya'ni o'zaro birikmagan suyaklar o'rtasida yumshoq
9-rasm. Chaqaloq holaning kalla suyagi:
A- yon tomondan ko'rinishi; B- yuqoridan ko'rinishi; 1- peshona liqildog'i; 2- ens. liqildog'i; 3- yon liqildoqlar
|
joylar (bo'shliqlar) bo'lib, ular liqildoq deb ataladi. Katta Jiqildoq peshona va tepa suyak]ari o'rtasida joylashgan bo'lib, uning bo'yi 3,5 srn, eni 2,5 srn bo'ladi. Bu liqildoq bola J yoshga to'lib, ikkinchi yoshga o'tganda bitadi. Tepa va ensa suyaklari o'nasida kichik liqildoq va tepa-chakka suyaklari o'rtasida 2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo'lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyakka aylana boradi (9-rasm). Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida, ayniqsa tez o'sadi. Uning o'sishi va shakllanshi 20-25 yoshgacha davom etadi. Gavda suyakJarida yoshga bog'liq quyidagi xususiyatlar mavjudo Umurtqa suyaklari 17-25 yosh orasida suyakka aylanib bo'ladi. Lekin umurtqa pog'onasi dum qismining suyakka aylanishi 30 yoshgacha davom etadi. Yuqorida aytilganidek, to'sh suyagining uchta qismi bolalarda alohida suyaklardan iborat bo'lib, 20-25 yoshda ular bir-biriga qo'shilib, yaxlit to'sh suyagiga aylanadi. Kurak, o'mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Qo'l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16¬20 yoshgacha davom etadi. Suyaklanish jarayonining normal borishi ko'p jihatdan ovqat tarkibiga, undagi oqsil moddasi, mineral tuzlar va vitaminlar yetarli miqdorda bo'lishiga hamda ochiq havoda quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muntazam ravishda foydalanishga bog'liq. Shuningdek, jismoniy tarbiya, spon mashg'u'otlari bilan shu g'ullanish suyaklanish jarayonining normal borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Aksincha, vitaminlar ayniqsa D vitamini yetishmas¬ligi yoki quyosh nuridan yetarli foydalanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari aJmashinuvi buzilishiga sabab bo'ladi va suyakla¬nish jarayoni sekinlashadi. Natijada raxi! kasal/igi kelib chiqadi. Bunday kasallikka uchragan bolalarning suyagi yumshab, egiluvchan bo'Jib qoladi. Ayniqsa, oyoqlari, umurtqa pog'onasi, ko'krak qafasi, chanoq suyaklari egrilanib qolishi mumkin. Bu esa ularning qad-qomati normal shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Odam va hayvonlar skeletidagi o'xshashlik
Evolyutsion rivojlanish jarayonida ibtidoiy od am tik yurishi va mehnat faoliyati tufayli uning skeletida sut emizuvchi hay¬vonlarning skeletidan farq qiladigan o'zgarishlar paydo bo'ladi. Odam bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo'lishiga olib keldi. Hayvonlar bosh skeletining yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Chunki ular dag'al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ularning jag'i hujum va himoya organ¬lari vazifasini ham bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Odam anatomiyasi” E.Qodirov, Toshkent-2005
“Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” Z. Malikov, M. Allamuratov va boshqalar, Toshkent-2012
“Odam anatomiyasi” E.Sodiqov, D.Mamatqulov, ўқув қўлланма. Тошкент 2007
Dostları ilə paylaş: |