Odam va hayvonlar fiziologiyasi


Asab-mushak sinapsining mikrostrukturasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə15/20
tarix14.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#57904
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-lab

Asab-mushak sinapsining mikrostrukturasi

Asab impulslarinibir neyronda va boshqa neyronga, mushak va bez hujayralargao`tkazilishini ta’minlaydiganapparatni sinaps deb ataladi. Neyronlar sinapslar yordamida o`zaro aloqa qiladi. Sinaps (grek-sinapsis) tutashish, bog’lanish va aloqa ma’nolarga ega. Odatda asab tolalarining uchi kengayib tugma hosil qiladi. Аksonning uchini qoplab olgan joyi sinapsoldi (presinaptik) membrana deb ataladi (nerv-muskul birlashmasida nerv oxiri va post- sinaptik membrana ko’pincha oxirgi yoki xarakatlantiruvchi plastinka deb yuritiladi). Postsinaptik membrana o’z xossalariga ko’ra xujay- raning qolgan qismini qoplovchi membranadan farq qiladi. Asosiy farqi shuki, postsinaptik membrana mediatorga nisbatan juda yuksak ximiyaviy sezgirlikka ega bo’ladi va elektr toki ta’sirida qo’zg’al- maydi.Sinapsda qo’zg’alishning o’tish mexanizmi mediatorning postsinaptik membrana bilan o’zaro ta’sir etishiga asoslangan.

Qo’zgalishning o’tish mexanizmida ximiyaviy zvenoning borligi sinapslarning ikkita umumiy xosasini tushunarli qiilib qo’yadi. Sinapslar: 1) qo’zg’alishni bir tomonlama o’tkazadi (nerv tolalarida qo’zg’alishni ikki toxmonlama o’tkazadi) va 2) qo’zg’alishni tuxtatib turib. keyin o’tkazadi.

Sinapslarning qo’zg’alishni bir tomonlama o’tkazishi shunga bog’liqki, nerv oxiridan chiqqan mediator muskul tolasining, bez xujayrasining yoki nerv xujayraning postsinaptik membranasini qo’zgatadi. Muskul tolasida, nerv yoki bez xujayrasida vujudga keluvchi x.arakat potentsiali esa, sinaps yorigi borligidan, nerv oxirlarini va nerv tolalarini k,o’zgata olmaydi.



Sinapsda qo’zgalishning to’xtalib o’tishi, asosan, nerv oxirining membranasidan muskul tolasining membranasiga mediatorning diffuziyalanib o’tish vaqtiga bog’liq.. Nerv-muskul sinapslarida qo’zg’alish taxminan 1—3 m/sek to’xtalib o’tadi. Silliq. muskulning nerv oxirlaridagi sinapslarda qo’zg’alish skelet muskulining nerv oxirlaridagi sinapslarga nisbatan ko’proq. To’xtalib o’tadi. Bu erda nerv-muskul sinapslarining ishlash mexanizmini bayon kilamiz- Markaziy nerv sistemasidagi sinaptik birlashmalarning tuzilishi va funktsiyasi quyida ko’zdan kechiriladi

Qo’zg’alishni harakatlantiruvchi nervdan skelet muskuliga o’tkazuvchi mediator atsetilxolindan iborat. Postsinaptik membrananing bu mediatorga yuksak darajada sezgirligi shunga bog’liqki, membranada xolinoretseptor degan maxsus oksid bor. Bu oksil mediator molekula-sining muayyan gruppalariga yakin bo’ladi. Nerv oxiriga impuls kelishiga javoban ajralib chiqgan atsetilxolin xolinoretseptor bilan o’zaro ta’sir etadi, natijada xolinoretseptor strukturasi o’zgaradi; pirovardida postsinaptik membrananing Na* va K* ionlarini o’tkazuvchanligi ancha oshadi. Postsinaptik membrananing ion o’tkazuvchanligi-ortganligi shu membrananing depolyarizatsiyasiga sabab bo’ladi. Postsinaptik membrana depolyarizatsiyasi manfiy elektr zaryadli postsinaptik potentsial shaklida namoyon bo’ladi.

Postsinaptik potentsial muskul tolasi membranasining qismlarini tashqaridan qo`yilgan ta’sir etuvchi tok katodiga o`xshash ta’sirlaydi. SHu sababli, postsinaptik potentsial kritik miqdorga yetgach membrananing sinapsdan tashqari qismlarida muskul tolasi bo’ylab tarqaladigan xarakat potentsiali vujudga keladi


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin