Odam va hayvonlarning



Yüklə 305,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix06.05.2023
ölçüsü305,83 Kb.
#108690
  1   2   3
Yurak - Vikipediya



Yurak
Yurak — odam va hayvonlarning 
qon
aylanish
 sistemasidagi markaziy aʼzo, u
doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli
qonni qon aylanish sistemasi boʻylab
haydab beradi va uni venalar orqali qaytib
kelishini hamda arterial qon tomirlardagi
harakatini taʼminlaydi.
Fayl:Anatomy's Heart English
Tiesworks.jpg


Yurakning qiyosiy morfologiyasi. Yurak
qon tomirlari sistemasi toʻla rivojlangan
hayvonlarda boʻladi. Tuban darajali
hayvonlardan yomgʻir chuvalchangida
Yurak vazifasini halqasimon tomirlar,
daryo qisqichbaqasida yurak va yurak
atrofidagi boʻshliq sinuslari bajaradi.
Koʻpchilik mollyuskalar yuragi yaxshi
Odam
 yuragi.
(4) 
Aorta


rivojlangan, 2 boʻlmacha va qorinchadan
iborat, u faol qisqarish xususiyatiga ega.
Ularda Yurak tomon yoʻnalgan venoz qon
yurak sinuslariga, soʻngra uning jabrasiga
yoʻnaladi. U yerdan kislorodga boyib
yurak oddi sinusiga tushadi va yurakka
oʻtadi. Yurak qorinchasi qisqarishi
natijasida qon hayvon tanasi boʻylab
tarqaladi. Xordalilardan lansetniklarda
yurak vazifasini qorin aortasi bajaradi.


Suvda va quruqlikda yashovchilarda
Yurak 3 kamerali — 2 boʻlmacha va
qorinchadan; sudralib yuruvchilar, qushlar
va sut emizuvchilar yuragi 4 kamerali — 2
boʻlmacha va 2 qorinchadan iborat.
Odam yuragi 4 kamerali: 2 ta boʻlmacha
va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, konus
shaklida, asosi orqaga, yuqoriga va oʻng
tomonga, uchi (choʻqqisi) pastga,
oddinga va chap tomonga qaragan.
Yurak oldingi pastki koʻks oraligʻi
sohasida joylashib, ikki yon tomondan
oʻpka va plevra xaltalari oldingi toʻsh
suyagi va qovurgʻa togʻayiga tegib turadi.
Yurak yuqoridan va orqadan qon tomirlar,
pastdan diafragma pay markazi bilan
mustahkamlanib turadi. Yurakning holati


hamma odamlarda bir xil boʻlmay, u
kishining yoshi, jinsi, gavdasining vaziyati
va tuzilishiga ham bogʻliq. Jumladan,
yangi tugʻilgan bolalarda Yurak yumaloq
shaklda boʻlib, diafragma gumbazi
balandroq koʻndalang va yuqoriroq
joylashgan, ayrisimon bez uni toʻsh
suyagidan ancha orqa tomonga surib
turadi.


Keyinchalik 1—3 yoshda Yurak
qoʻndalang vaziyatini oʻzgartiradi va katta
odamlarda koʻrilganidek, qiyshiq holatda
joylashadi. Yurakning oʻrtacha ogʻirligi
erkaklarda 300 g, ayollarda bir oz kamroq
(220—250 g). Yurakning uzunligi oʻrta
yoshdagi odamlarda 13—15 sm, eng
serbar qismi (koʻndalangiga) 9—11 sm,
oldingi sathi bilan orqa sathining uz. 6—7
sm. Yurak tashqi yuzasining oʻtkir (oʻng)
va oʻtmas (chap) chekkalari uni orqa, old
tomondagi yuzalarga ajratib turadi. Har
bir odam yuragining kattaligi oʻzining oʻng
mushtidek keladi. Oʻrta yashar odamning
yuragi bir minutda oʻrta hisobda 70—75
marta, bir sutkada 100000 marta qisqara


oladi. Bu esa 20 t yukni 1 m balandlikka
koʻtarish kuchiga teng.
Yurakning ustki chegarasi III qovurgʻa
togʻayining toʻsh suyagiga yopishayotgan
joyidan oʻtkazilgan gorizontal chiziqqa
goʻgʻri keladi.
Yurakning oʻng chegarasi toʻsh suyagining
oʻng chekkasidan (oʻng III va V
qovurgʻalar roʻparasida) 2—3 sm
chetroqsa boʻladi. Bir yoshgacha boʻlgan

Yüklə 305,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin