Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Vatandoshlarimizning tibbiyot fanlarining rivojlanishiga



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Vatandoshlarimizning tibbiyot fanlarining rivojlanishiga
qo‘shgan hissalari.
„Odam va uning salomatligi“ fanini o‘rganar
ekanmiz, tibbiyot fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandosh-
larimizni eslashimiz lozim.
X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriyning
„Hidoyat“ (tibbiyotni o‘rganuvchilarga qo‘llanma) kitobida odamda
uchraydigan ko‘pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan
dorilar haqida ma’lumotlar berilgan. O‘sha davrlarda Abu Mansur
Buxoriyning „Oddiy dorilar haqida katta to‘plam“, Abu Sahl
Masih Jurjoniyning yuz bobli „Al-kimyo“ kitobi tibbiyotni
o‘rganishda darslik sifatida keng qo‘llanilgan.
Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham tibbiyot faniga katta
hissa qo‘shgan. Uning „Saydana“ kitobida o‘simlik va hayvonot
mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan
mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan.
Jahon tabobat ilmi rivojiga buxorolik buyuk alloma Abu Ali
ibn Sino katta hissa qo‘shgan. Ibn Sinoning „Kitob al-qonun fit
tib“ („Tib qonunlari“) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib,
bir necha marta yevropa, rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan. Bu
kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi kabi
tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik,
dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan.
Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va
tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib,
suvni qaynatib, keyin iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi
muhitdagi turli omillar — havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi,
ko‘zga ko‘rinmaydigan „mayda hayvonlar“, ya’ni mikroblar haqidagi


5
Abu Ali ibn Sino
(980 — 1037).
fikrni aytgan. Demak, Ibn Sino L.
Pasterdan 800 yil ilgari yuqumli kasal-
liklarni mikroblar qo‘zg‘atishi to‘g‘-
risida fikr bildirgan. U kasalliklarning
oldini olishda tashqi muhitni muhofaza
qilish, shaxsiy va umumiy gigiyena
qoidalariga amal qilish zarurligi haqi-
dagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari
aytgan edi.
Ibn Sinoning „Tib qonunlari“
kitobi haqida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. Karimov o‘zining „Yuksak
ma’naviyat — yengilmas kuch“ nomli
asarida shunday degan edi: „¾ mash-
hur alloma Ibn Sinoning „Tib qonun-
lari“ asari¾ dunyo miqyosida „Meditsina“, „Sog‘lom turmush
tarzi“ degan tushunchalarning fundamental asosi bo‘lib xizmat
qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq
qilib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo
taraqqiyotini¾ rivojlantirishga ulkan ta’sir o‘tkazdi.“
Hozirgi davrda ham tabobat sohasida o‘zbek olimlarining
hissalari salmoqlidir. Jumladan, R. E. Xudoyberdiyev, N. K. Ah-
medov, X. Z. Zohidov, R. A. Alavi, S. A. Asomov, S. A. Dami-
novlar odam anatomiyasi, A. Y. Yunusov, U. Z. Qodirov,
Z. T. Tursunov, E. S. Mahmudov, K. R. Rahimovlar fiziologiya
fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Y. X. To‘raqulov
qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolashga doir olib borgan
ishlari uchun Davlat mukofotining sovrindori bo‘lgan.
I. Q. Musaboyev yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablarini,
V. V. Vohidov, O‘. Ori pov jarrohlik sohasini, K. A. Zufarov turli
kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni,
S. Shamsiyev bolalar kasalliklarini, N. Majidov asab kasal-
liklarini, A. Asqarov, N. Ismoilov, Z. Umidova ichki kasalliklarni
o‘rganish va davolashga doir salmoqli ilmiy ishlar olib borganlar.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin