orqali oziq moddalarining so‘rilishi (B)
:
1
— bir qavat epiteliy;
2
— qon tomirlari;
3
— vorsinka;
4
— limfa.
1
4
3
2
1
2
4
2
2
A
B
Oqsillar
Yog‘lar
Karbon
suvlari
71
1.
Ovqat hazm qilish sistemasiga qaysi organlar kiradi?
2.
Sut tishlar bilan doimiy tishlarning farqi nimada?
3.
Òilning tuzilishi va funksiyasini ayting.
4.
Halqum va qizilo‘ngachning tuzilishini gapirib bering.
5.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakda ovqat moddalariga qaysi
fermentlar ta’sir ko‘rsatadi?
6.
Ingichka ichakda ovqat hazm bo‘lishini tushuntiring.
25- §. Jigar. Me’daosti bezi.
Ovqat hazm qilishning boshqarilishi
Jigar
odam organizmidagi eng katta bez bo‘lib, massasi o‘rta-
cha 1500 g. U qorin bo‘shlig‘i o‘ng tomonining yuqori qismida,
ya’ni o‘ng qovurg‘alar yoyi ostida joylashgan. U ikki bo‘lakdan
iborat: o‘ng bo‘lagi o‘ng qovurg‘a yoyi ostida, chap bo‘lagi qorin-
ning yuqori qismida, ya’ni to‘sh suyagi ostida joylashgan. Jigar
hujayralari o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi, bu suyuqlik o‘t pufagida
to‘planib, maxsus kanalcha orqali o‘n ikki barmoq ichakka quyilib,
ovqat tarkibidagi yog‘larning hazm bo‘lishida ishtirok etadi. Jigarda
bir kecha-kunduzda 700—1200 ml o‘t suyuqligi ishlanadi. Jigarning
muhim funksiyalaridan yana biri qonni zaharli moddalardan toza-
lashdir. Me’da-ichaklardan so‘rilgan ovqat tarkibidagi zaharli mod-
dalar qonga, vena orqali jigarga boradi va uning hujayralarida zarar-
sizlantiriladi. Bundan tashqari, jigar oqsil va uglevodlar almashi-
nuvida ham ishtirok etadi.
Jigarning yuqumli sariq kasalligida uning hujayralari yallig‘-
lanib, yemiriladi va undan ishlangan o‘t suyuqligi o‘n ikki barmoq
ichakka quyilmay, bevosita qonga o‘tadi. Buning natijasida odamning
ko‘zi, tomog‘ining shilliq pardalari va terisi sarg‘ayadi.
Me’daosti bezi
odam tanasidagi barcha bezlar orasida hajm
jihatidan jigardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning massasi
70—80 g, qalinligi 3—4 sm, bo‘yi 17 sm. U uch qismdan: bosh,
tana va dumdan iborat. Bu bez qorin bo‘shlig‘ining yuqori qismida,
o‘z nomiga muvofiq, me’da ostida joylashgan (46- rasm).
Me’daosti bezi funksiyasiga ko‘ra aralash bez. Uning
Langer-
gans orolchalari
deb ataluvchi qismining hujayralari
insulin
gor-
moni ishlab chiqaradi. Bu gormon bevosita qonga quyilib, orga-
nizmda qand almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Bezning ko‘proq qismidagi hujayralardan ishlab chiqarila-
digan suyuqlik maxsus kanalcha orqali o‘n ikki barmoq ichakka
72
quyiladi. Bu suyuqlik tarkibidagi
triðsin
fermenti ovqatdagi
oqsillarni,
liðaza
fermenti yog‘larni,
amilaza
fermenti uglevodlar-
ni parchalab, oziq moddalarning ichakda hazm bo‘lishida muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |