139
Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib,
endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalarning
soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, ularning ayrim to‘plamlari
maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega (xuddi dutor
yoki tanburning har qaysi tori o‘ziga xos tovush berganidek).
Ma’lum tovushni qabul qiladigan sezuvchi tolalar yaxshi
rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash
qobiliyatini yo‘qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa
ohanglarini tinglash va chalishga o‘rgatish ana shu sezuvchi tolalar
yaxshi rivojlanishiga imkon beradi.
Retseptorlarning qo‘zg‘alishi eshitish nervi tolasi orqali miya
ko‘prigi, o‘rta miyada joylashgan po‘stloqosti eshitish markaziga,
undan esa bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining chakka qismida
joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo‘zg‘atadi. Bu
markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta’siri analiz va
sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.
Odam sekundiga 16—20 ming marta tezlikda tebranuvchi
tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan
hayvonlarda, ayniqsa, itlarda tovush to‘lqinlarini qabul qilish
xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular
odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlarni ham eshita oladi. Shuni
ham aytish kerakki, yoshlarning kuchsiz tovushlarni eshita olish
qobiliyati yaxshi bo‘lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya
boradi.
Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida
ta’sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi. Shuning uchun
ham sershovqin korxonalarda ishlaydigan odamlar kuchli tovushga
o‘rganib qolib, kuchsiz tovushni yaxshi eshitmaydigan bo‘lib
qolishi mumkin. Kuchli tovush ta’siriga moslashmagan odam esa
sershovqin korxonalarda bo‘lganida o‘zini yomon sezadi.
Dostları ilə paylaş: