Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


-rasm. Qonning shaklli elementlari



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

27-rasm. Qonning shaklli elementlari:
1
— eritrotsitlar;
2, 8
—leykotsitlarning har xil turlari
3
— eozinofil
leykotsitlar; 
4
— bazofil leykotsitlar; 
5, 6, 7
— limfotsitlar;
9
— trombotsitlar.


36
kibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda
bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, nafas
oladigan havoning toza bo‘lishi kabilar katta ahamiyatga ega.
Leykotsitlar (oq qon tanachalari).
Leykotsitlar yadroli qon
hujayralari bo‘lib, ular granulotsitlar (donador) va agranulotsitlarga
(donasiz) bo‘linadi. Leykotsitlar mikroblar va zararlangan
hujayralarni yutib halok bo‘ladi (28- rasm). Yallig‘langan joyda
to‘planib qoladigan yiring o‘lik leykotsitlar hisoblanadi. 1 mm
3
qonda
6—8 ming dona leykotsit bo‘ladi. Leykotsitlar sonining ko‘payishi
leykositoz,
kamayishi 
leykopeniya
deb ataladi. Leykotsitlar
suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfotsitlar) hosil bo‘ladi.
Leykotsitlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasallik-
lardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib,
eritib yuboradi. Bu hodisa 
fagositoz
deb ataladi. Leykotsitlarning bu
xossasini atoqli rus olimi I. I. Mechnikov aniqlagan. Odam yuqumli
kasalliklar bilan kasallanganda leykotsitlarning soni ko‘payib, 1 mm
3
qonda 10—20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin.
Òrombotsitlar (qon plastinkalari).
Òrombotsitlar suyaklarning
ko‘mik qismida va taloqda hosil bo‘ladi. Yadrosi bo‘lmaydi. Past
tabaqali umurtqali hayvonlar trombotsitlarining yadrosi bo‘ladi. 1 mm
3
qonda 300—400 ming dona trombotsit bo‘ladi. Ular leykotsitlarga
o‘xshab 2—5 kun yashaydi. Òrombotsitlarning asosiy vazifasi
qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ular soni kamayganda
qonning ivish xossasi buziladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin