4-chizma (Aylanani teng 3 va 4 bo’lakka bo’lish)
Aylanani teng besh boʻlakka boʻlish. 1- holat. Aylananing vertical oʻqida 1,
gorizontal oʻqida A nuqta belgilanadi. OA kesmani teng ikkiga boʻluvchi O₁ nuqta
aniqlanadi. Sirkul ignasini O₁ ga qoʻyib R₁(R₁=O₁1) radiusda yoy chiziladi va uni
gorizontal oʻqni kesgan N nuqtasi topiladi. Hosil boʻlgan 1N masofa aylanani teng
beshga boʻluvchi vatar uzunligi hisoblanadi. Demak, 1 nuqtadan R₂(R₂=1N) radiusda
yoy chizib uni aylana bilan kesishgan 2 va 5 nuqtalari aniqlanadi. Aniqlangan 2 va 5
nuqtalardan ham R₂ radiusda yoylar chizilib, aylanada 3 va 4 nuqtalar topiladi. Bu 1,
2, 3, 4, 5 nuqtalar aylanani teng besh boʻlakka boʻlib, ularni oʻzaro tutashtirishdan
hosil boʻlgan 12345 tekis shakil esa muntazam beshburchak hisoblanadi(5-chizma,
a). 2- holat. Aylananing gorizontal oʻqidagi OA kesmani teng ikkiga boʻluvchi O₁ nuqta aniqlanadi va undan R₁(R₁=O₁ O=O₁A) radiusda aylana chiziladi (5-chizma, a).
Vertikal oʻqning pastida joylashgan M nuqtani O₁ bilan tutashtiruvchi chiziq R₁ radiusli aylanani N nuqtada kesadi. Sirkul ignasini M nuqtaga qoʻyib R₂ (R₂=MN) radiusda yoy chizib, uni aylana bilan kesishgan 1 va 2 nuqtalari aniqlanadi.
Aniqlangan 12 kesma aylanani teng beshga boʻluvchi masofa uzunligi hisoblanadi. 2
nuqtadan R₃(R₃=12) radiusda ketma-ket yoylar chizib, uni aylana bilan kesishgan
3,4,5 nuqtalari belgilanadi va bu nuqtalar aylanani teng besh boʻlakka boʻladi (5-
chizma, b).
a) b) 5-chizma (Aylanani teng 5 bo’lakka bo’lish)