Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Oyoq panjasining o‘rta fassial o‘rindig‘ida yuza va chuqur kletchatka bo‘shliqlari
mavjud.
Yuza kletchatka bo‘shlig‘i barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va barmoqlarni
bukuvchi uzun muskul paylari orasida joylashadi.
Chuqur kletchatka bo‘shlig‘i pastda barmoqlarni bukuvchi uzun muskul payi,
kvadrat muskul va yuqorida bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul bilan
chegaralangan.
Lateral va medial muskullararo to‘siqlar bo‘ylab yuza va chuqur kletchatka
bo‘shliqlari bir-biri bilan bog‘lanadi.
Oyoq panjasining o‘rta fassial o‘rindig‘i kletchatka bo‘shliqlari quyidagilar bilan
bog‘lanadi:
kommisural teshiklar orqali oyoq panjasining teri osti kletchatkasi bilan;
chuvalchangsimon muskullar orqali barmoqlararo tirqishlar va barmoqlarning kaft
usti kletchatkalari bilan;
oyoq panjasining kaft usti arteriyasi chuqur kaft tarmog‘i yo‘nalishi bo‘ylab oyoq
panjasi kaft usti fassiya osti kletchatkasi bilan;
barmoqlarni bukuvchi uzun muskul payi, bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payi,
orqa katta boldir qon tomir va nervlari orqali boldir sohasining orqa fassial o‘rindig‘i
bilan;
bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul payi orqali oyoq kaftining medial o‘rindig‘i
bilan;
jimjiloq barmoqni bukuvchi muskul payi bo‘ylab oyoq kafti lateral o‘rindio‘i bilan.
Dostları ilə paylaş: