Og’ishgan xulq turlarini tasniflash reja Axloqiy oqishlarni tasniflash muammosi Og’ishgan xulqning psi­xologik tasnif turlari


Og’ishgan xulq turlarining psixologik tasnifi



Yüklə 24,85 Kb.
səhifə2/4
tarix30.01.2023
ölçüsü24,85 Kb.
#81793
1   2   3   4
OG’ishgan xulq turlarini tasniflash reja Axloqiy oqishlarni tasn

Og’ishgan xulq turlarining psixologik tasnifi

Psixologik yondoshuv shaxsning og’ishgan xulqidagi alohida ko’rinishlarni ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi:


buzilgan me’yor turi;
axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad;
ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar;
axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi.
Psixologik yondoshuv doirasida og’ishgan xulqning turli ti­pologiyasidan foydalaniladi. Ko’pchilik mualliflar, masalan, YU.A. Kleyberg axloqiy deviatsiyaning uchta asosiy guruhini ajratadi: salbiy (masalan, giyohvand moddalar iste’mol qilish), ijobiy (masalan, ijtimoiy ijodkorlik) va ijtimoiy-xolis (masalan, tilanchilik) [3, 50-b.].
Shaxs og’ishgan xulqining ko’rinishlarini tizimlashtirishning birmuncha to’liq va qiziqarli variantlaridan biri bizning nazarimizda S.P. Korolenko va T. A. Donskix [6] ga tegishli. Mualliflar barcha axloqiy deviatsiyani ikkita katta guruhga bo’ladilar: nostandart va destruktiv axloq. Nostandart axloq tafakkurning yangi shakli, yangi qoyalar, shuningdek, axloqning ijtimoiy stereotiplari doirasidan chiquvchi harakatlarga ega bo’lishi mumkin. Bunday shakl garchi aniq tarixiy sharoitlarda qabul qilingan me’yorlardan chetga chiqsa-da, biroq jamiyatning kelgusidagi rivojlanishida ijobiy rol o’ynovchi faollikni ko’zda tutadi. Nostandart axloqqa misol qilib, novatorlar, inqilobchilar, oppozitsionerlar, bilimning qaysidir soqasini ilk ochuvchilarni keltirish mumkin. Ushbu guruh qat’iy ma’noda og’ishgan xulq deb tan olinishi mumkin emas.
Destruktiv axloq tipologiyasi uning maqsadlariga muvofiq tiziladi. Bir qolatda bu ijtimoiy me’yorlarni (qonuniy, ma’naviy-etik, madaniy) buzishga yo`naltirilgan tashqi destruktiv maqsadlar va munosib ravishda tashqi destruktiv axloq. Ikkinchi qolda – shaxsning o’zini dezintegratsiyaga yo`naltirilgan ichki destruktiv maqsadlar, uning regressi va munosib ravishda ichki destruktiv axloq.
Tashqidestruktiv axloq, o’z navbatida, ad-diktiv va antiijtimoiyga bo’linadi. Addiktiv axloq reallikdan ketish va istalgan hissiyotni olish maqsadida maxsus faollik yoki qandaydir moddalardan foydalanishni ko’zda tutadi. Antiijtimoiy axloq mavjud qonun va boshqa odamlar huquqlarini qonunga qarshi, asotsial, axloqsiz-beadab axloqlar shaklida buzuvchi harakatlardan iborat.
Ichki destruktiv axloq guruhida S.P.Korolenko va T.A.Donskix quyidagilarni ajratadilar: suitsid, konformistik, nartsissik, fanatik va autik axloq. Suitsid axloq o’z-o’zini o’ldirishning yuqori xavfi bilan xarakterlanadi. Konfor­mistik – individuallikka muqtoj, faqat tashqi avtoritetga yo`naltirilgan axloq. Nartsissik – shaxsiy buyukligi tuyqusi bilan boshqariladi. Fanatik – qandaydir qoya, nuqtai nazarga ko’r-ko’rona berilgan shaklda yuzaga chiqadi. Autistik – odamlar va atrofdagi harakatlardan bevosita chegaralanganlik, shaxsiy fantaziyasi olamiga sho’nqiganlikda ko’zga tashlanadi
Destruktiv axloqning barcha sanab o’tilgan shakllari, olimlar fikriga ko’ra, qayot sifatining yomonlashishi, o’z axloqiga tanqidni pasaytirish, kognitiv xatolar (sodir bo’lganlarni qabul qilish va tushunishda) o’z-o’zini baholash va hissiy buzilishlar kabi deviant mezorlarga javob beradi. Nihoyat, ular katta eqtimol bilan shaxsning yakkalanib qolishigacha bo’lgan ijtimoiy moslashmasligiga olib keladi.
Psixologik adabiyotlarda shaxs og’ishgan xulqining ko’rinishlarini tasniflashda boshqa yondoshuvlarni ham uchratish mumkin.
Kelgusida biz axloqiy oqishlarning og’ishgan xulqning salbiy oqibatlari va buzilgan me’yor ko’rinishlari kabi etakchi mezonlarga asoslangan shaxsiy tasnifimizga suyanamiz.
Sanab o’tilgan mezonlarga muvofiq og’ishgan xulqning uchta asosiy guruhini ajratamiz: an­tiijtimoiy (delinkvent) axloq, asotsial (axloqsiz) axloq, autodestruktiv (o’z-o’zini parchalovchi) axloq.
Antiijtimoiy (delinkvent) axloq – bu qonun me’yorlariga qarshi chiquvchi, ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U qonunchilik bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakatsizlikni o’z ichiga oladi.
Katta odamlar (18 yoshdan kattalar) da delinkvent axloq, ayniqsa, o’z ortidan jinoiy yoki fuqarolik javobgarligi va tegishli jazoni boshlab keluvchi qonunbuzarlik shaklida namoyon bo’ladi. O’smirlarda (13 yoshdan boshlab) delinkvent axloqning quyidagi turlari ustunlik qiladi: bezorilik, mayda o’qrilik, o’qrilik, vandalizm, jismoniy zo’rlik, giyohvand moddalarni sotish. Bola yoshida (5 yoshdan 12 yoshgacha) o’zidan kichik yoshdagi bolalar va tengdoshlariga nisbatan zo’ravonlik, qayvonlarga shafqatsiz munosabat, o’qrilik, mayda bezorilik, mulkni buzish, yondirish kabi shakllari birmuncha keng tarqalgan.
Asotsial axloq – bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga bevosita xavf soluvchi, axloqiy-ma’naviy me’yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq. U tajovuzkor axloq, jinsiy deviatsiya (tartibsiz jinsiy aloqalar, foqishabozlik, yomon yo`lga kirish, vuayerizm, eksgibi­tsionlik va boshqalar), pulga azart o’yinlarga tortilish, daydilik, boqimandalik sifatida namoyon bo’ladi.
O’smir yoshida uydan chiqib ketish, daydilik qilish, maktabga bormaslik yoki ta’lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor axloq, promiskuitet (tartibsiz jinsiy aloqa), graffiti (devorga uyatsiz xarakterdagi rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (sleng, shramlash, tatuirovkalar) birmuncha tarqalgan.
Bolalarda esa uydan qochib ketish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor axloq, qiybat qilish, yolqon, o’qrilik, ta’magirlik (tilanchilik) kabi ko’rinishlarda uchraydi.
Asotsial axloqning chegaralari, ayniqsa, o’zgaruvchan, chunki u boshqa axloqiy deviatsiyalardan ko’ra madaniyat va vaqtning ta’siri ostidadir.
Autodestruktiv (o’z-o’zini parchalovchi axloq) – bu tibbiy va psixologik me’yorlardan og’ishgan, shaxsning rivojlanishi qamda umuman o’ziga xavf soluvchi axloq. O’z-o’zini parchalovchi axloq zamonaviy dunyoda quyidagi asosiy shakllarda yuzaga chiqadi: suitsidal axloq, ozuqaga muqtojlik, kimyoviy moddalarga muqtojlik (psixofaol moddalarni suiiste’mol qilish), fanatik axloq (masalan, destruktiv-diniy madaniyatga tortilish), autik axloq, viktim axloq (jabrlanuvchining axloqi), qayot uchun aniq ko’rinib xatarli faoliyat (sportning ekstremal turlari, avtomobilda yurganda tezlikni o’ta oshirish va boshqalar).
O’smir yoshda autodestruktiv axloqning xususiyati (avvalgi shakliga o’xshash) uning guruhli qadriyatlar bilan bilvosita bog’liqligi hisoblanadi. O’smir kiritilgan guruh autodestruktsiyaning quyidagi shakllarini tuqdiradi: giyohvandlikka mute bo’lib qolgan axloq, o’z-o’zini kesish, kompyuterga boqlanib qolish, ozuqa addiktsiyalari, kamroq – suitsidal axloq.
Bolalik yoshida tekish va toksikomaniyaga o’rin bor, biroq umuman olganda ushbu yoshdagilar uchun autodestruktsiya davri kam xarakterlidir.
Biz shaxs og’ishgan xulqining turli ko’rinishlari ikkita – o’ziga yoki boshqalarga qarama-qarshi yo`nalishli “destruktiv axloq”ning yagona o’qida joylashganini ko’ramiz.
Destruktiv ifodalanganlikning yo`nalishi va darajasi bo’yicha og’ishgan xulqning quyidagi shkala bo’yicha taqdim etish mumkin: antiijtimoiy (faol-destruktiv) – proijtimoiye (antiijtimoiy guruhlar me’yoriga moslashgan, nisbatan destruktiv) – asotsial (passiv-destruktiv) – o’z-o’zini parchalovchi (passiv-autodestruktiv) – o’z-o’zini o’ldiruvchi (faol-autodestruktiv).
Og’ishgan xulqning alohida turlarini ajratish va ularni o’xshash belgilar bo’yicha tizimlashtirish garchi ilmiy tahlil maqsadida oqlangan bo’lsa-da, shartli hisoblanadi. Real qayotda alohida shakllar ko’pincha uyqunlashadi yoki kesishadi, og’ishgan xulqning alohida aniq qollari individual bo’yalgan va takrorlanmas bo’ladi.



Yüklə 24,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin