Oʻgʻuzlar konfederatsiya safida Xoqon tomonidan boshqarilgan Turkiy xalq.
Oʻgʻuzlar (arab. va turk. Oğuzlar, Oğuz) — turkiyzabon qabilalarning 2 guruhi. 1) ToʻqquzOʻ. qabila
ittifoqi; 8-asr urxunenisey yozuvlarida qayd etilgan. 7-asr boshida Turk xoqonligi tarkibida paydo boʻlgan.
744—45 yillarda Turk xoqonligi tormor etilgach, hozirgi MXR hududida oʻz davlatlarini tuzgan uygʻurlar
qabila ittifoqida yetakchi mavqega ega boʻlishgan. 840—866 yillarda qirgʻizlar tomonidan siqib chiqarilgan
toʻqquzOʻ. hozirgi Sintszyan va Gansu viloyatiga koʻchib oʻtishgan, Ganchjou davlati va Turfon davlatini
(850—1250) barpo etganlar; bu yerda toʻqqizOʻ. nomi uygʻur etnonimi bilan almashgan. 2) 9—11-asrlarda
Orol va Kaspiy dengizi boʻylaridagi koʻchmanchi va yarim oʻtroq qabilalar ittifoqi (gʻuzlar); Yangikent Oʻ.
yabgʻusi qarorgohi boʻlgan. 11-asrning 50—60-yillarida Oʻ.ning bir qismi Yaroslav Mudriyning oʻgʻillari
tomonidan tormor qilinib, Kiyev knyazlarining vassallari sifatida Ros daryosi boʻylariga joylashganlar;
Sirdaryo Oʻ.ining boshqa qismi 10—11-asrboshida Buxoro va Xuroson yerlari tomon siljiganlar. 1040
yildan soʻng saljuqiylar bosh boʻlgan Oʻ. Gʻarbiy Osiyo mamlakatlarini bosib olganlar. 11 — 13-asrlarda
Oʻ. etnonimi Oʻrta Osiyo va Eronda turkman, Yaqin Sharqda esa turk etnonimi bilan almashgan. Oʻ.
turkman, ozarbayjon, turk hamda gagauz va qoraqalpoqlar etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻ.ning epik
asarlari ("Kitobi dadam Qoʻrqut", "Oʻgʻuznoma") saqlanib qolgan.
VI-asrda turkiylar Oxota dengizidan Qrimgacha boʻlgan maydonni egallagan buyuk saltanat tuzishdi va
saltanatning rivojlanishida oʻgʻuzlar ham faol ishtirok etishdi.
VIII-asrda turkiy xalqqa mansub noʻlgan uyg'urlar ular gʻarbga koʻchishiga majbur qilishadi.
IX-asrda oʻgʻuzlarning bir qismi Volgani kechib oʻtdi va bijanaklarni siquvga oldi.
X-asrda ularning boshqa qismi Buxoroga koʻchdi va oʻtroqlashdi.
XI-asrda oʻgʻuzlarning bir qismi Forsga, qolganlari O'rtayer dengiziga koʻchishi. Qolganlari esa Rusning
janubiy qismi orqali Bolqon yarim oroliga borib joylashdi.
Saljuqiylar davlatini tuzgan saljuqlar asli oʻgʻuz bolishgan, shu bilan birga hozirgi kunda turklar turkmanlar,
ozarbayjonlar hamda Anatoliya turklarining avlodlari ham oʻgʻuzlardir.
Oʻgʻuzlarning ajdodlari oʻzbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, boshqirtlar, tatarlarni ham etnogenezida katta
rol oʻynashgan
Qarluqlar — qadimda hozirgi Oʻrta Osiyo hududida yashagan koʻchmanchi turkiy xalq. Poytaxti hozirgi
Olmota shahri yaqinida boʻlgan Qoʻyliq edi. Hozirgi kunga kelib qarluq soʻzi Turkiy tillarning bir
guruhining nomini anglatadi. 960-yildan boshlab qarluqlar Islom diniga eʼtiqod qilishadi.
Qarluqlar, qorluq — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik uyushma. 3 qabiladan tashkil topgan; ular Xitoy
solnomalarida meulo (yoki meuli), chjisi (yoki pofu) va tashili deb nomlangan. 6—7-asrlarda bular
Oltoyning gʻarbiy qismida, Chorish (Ob daryosi oʻzanlaridan biri) daryosi havzasida, Irtish daryosining quyi
oqimi boʻylarida, Tarbagʻatoyda hamda Jungʻoriyagacha boʻlgan katta hududda yashaganlar. Q, asosan,
chorvachilik bilan shugʻullanib, bir yerdan ikkinchi yerga koʻchib, oʻtovlarda yashaganlar. Q hududi
Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonligi oʻrtasida, strategik qulay yerda joylashgani uchun ular oʻrtasida talash
boʻlgan. Q oʻz mustaqilliklarini saqlab qolish uchun ular bilan betinim kurash olib borganlar. 7-asr oxirlarida
Sharqiy Turk xoqonligi Q. hududining aksariyat qismini xoqonlikka qoʻshib olgan. 742 yil Q, uygʻurlar va
basmillardan iborat qabila ittifoqi isyon koʻtarib oʻz mustaqilliklarini tiklaganlar. Q. eltibari (boshligʻi)
oʻzini 3 qabilaning shexusi (yabgʻusi) deb eʼlon qiladi. Xitoy qoʻshini bilan arablar oʻrtasidagi Talas jangida
Q. hal qiluvchi rol oʻynaganlar. 757—766 yillarda Q Turgashlar davlati hududini egallab olganlar. Chu
daryosi boʻyidagi Suyob shahri Q.lar davlati markazi boʻlib qolgan (766—940). Q.ga Jungʻoriya Olatovidan
to Sirdaryogacha boʻlgan hudud qaragan. Keyinchalik poytaxt Ili daryosi vodiysidagi Qoʻyliq shahriga
koʻchirilgan. 861 yil Q. Koshgʻarni egallashgan. Q.ning ayrim guruhlari 8-asr oʻrtalaridan Zarafshon
vohasida, Fargʻona vodiysida, Shim. Afgʻoniston, Tojikiston hududlarida ham yashagan. 10-asrda
Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirishgan, ilk mulkdorlik munosabatlari shakllana boshlagan. Q. 960 yil
islom dinini qabul qilishgan. K. Shoniyozovning fikricha, qoraxoniylar sulolasi bevosita Q. davlati bilan
uzviy bogʻliq boʻlib, uning tadrijiy davomi hisoblangan. 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga kelib Q. Zarafshon
daryosining oʻrta va quyi oqimlarida, hozirgi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Shoʻrchi hududlarida
yashaganlar. 1924 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston hududida 10 mingdan oshiqroq, Tojikiston
hududida 7 mingga yaqin Q. yashagan. Keyinchalik Q. oʻz nomlarini unutib, oʻzbek va tojik millatlari
tarkibiga singib ketgan.
Ad. Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.
Qarluqlar Turk xoqonligi tarkibiga kirishgan. Ayniqsa, Turkiy xalqlarnig Xitoy imperiyasiga qarshi boʻlgan
kurashlarida keng ishtirok etishgan.
Qarlulqar yashaydigan yerda keyinchalik qarluqlar oʻzlarining davlatlarini yaratishadi, olamga ularning
davlati Qarluq xonligi (766 — 940) nomi bilan keng tarqaladi. Keyinchalik, ular Qoraxoniylar (940 — 1210)
davlatini tuzishadi. Qarluq lahjasi oʻzbek va uygʻur tillarining rivojlanishida katta oʻrin egallaydi. Oʻzbek
va uygʻur tillari birgalikda Turkiy tillar guruhining qarluq ostguruhiga kirishadi.
Mashhur vakillar
Karim Shoniyozov - mashhur oʻzbek tarixchisi va turkshunosi, oʻzbek xalqining tarixi va kelib chiqishi
tadqiqotchisi.
Emomali Rahmon - Tojikiston Respublikasining birinchi Prezidenti.
Somonxudot - Somoniylar sulolasining asoschisi. Somonxudot VIII-asrda tug`ilgan.