Portfolio Presentation
O'yin nazariyasini va o'yinchoqlarning bolaning shaxsiyatini rivojlantirishdagi o'rni haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontiev, D.B.Elkoninlar samarali izlanishlar olib borgan.
Buyuk rus olimi A. M. Gorkiy "O'yinchoq, avvalambor bolani hayratda qoldiradi va bu tuyg'u tushunishning boshlanishidir". O'yinchoq bolani atrof-muhit bilan tanishtiradi, ularni o'rgatadi, taassurotlarini mustahkamlaydi va muloqotga bo'lgan ehtiyojni qondiradi.
O'yinchoq bola tug'ilganidan to 3 yoshigacha bo'lgan davrda katta ahamiyatga ega. Chunki ular o'ynash davomida o'zlarini rag'batlantiradi, o'yin tashkil etish qonun-qoidalarini o'rganadi: qo'g'irchoq bilan ular ona va qiz bo'lib o'ynashsa, raketa yoki moshina, samolyot bilan ular haydovchi rolini o'ynashga kirishib ketadi. O'yinchoqlar orqali o'yin qay tarzda ketayotganini va nima maqsad borligini tushuntira oladi.
O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o‘yinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |