11.J.Madaniy nutq oldiga bir necha talablar qo‘yiladi. Ular:
1. To‘g‘rilik.
2.Aniqlik,
3.Mantiqiylik.
4.Tozalik(soflik)
5. Ta’sirchanlik (jozibadorlik)
“O‘z o‘rningni top”.
Bu o‘yin davomida tarqatmalarga nutqning asosiy xususiyatlari buzilishiga oid bo‘lgan so‘zlar, jumlalar yozilgan bo‘lib, ular teskari holatda qo‘yiladi. Ular aralashtirib yuboriladi. Doskaga 5 ta xat jildi yopishtiriladi. Xat jildlari ustiga nutqning asosiy xususiyatlari bir-bir yozib qo‘yiladi. Talabalar 2 guruhga bo‘linadi va har bir guruhlar bir kishidan ishtirokchi taxta oldiga keladi va ular stol ustidagi tar-qatmalardan birma-bir oladilar va ular qaysi nutq xususiyatiga tegishli bo‘lsa, ular tarqatmani “o‘z o‘rniga”, ya’ni tegishli xat jildning ichiga soladilar. Kim tez va to‘g‘ri bajarsa, o‘sha guruh g‘olib sanaladi. Buni o‘qituvchi tekshirib boradi.